Afg‘onistonda NATO karvoni hujumga tutildi

Image copyright none

Afg‘oniston sharqidagi Vardak viloyatida NATO karvoniga qarshi uyushtirilgan hujumda bir haydovchi nobud bo‘lgan, yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Hodisa o‘tgan tun Kobul Qandahor shoh yo‘lida yuz bergan. Mahalliy odamlarga ko‘ra, 8ta avtomobil yonib ketgan. Ayrimlar 12ta tankerga o‘t ketgani haqida aytishgan.

Vardak viloyati rasmiylariga ko‘ra, qurolli shaxslar NATO karvonini Saidobod ulusvorligida nishonga olishgan.

Hujum mas‘uliyatini zimmasiga olgan Tolibon talofatlar soni ko‘pligini da‘vo qiladi.

Tolibon voizining matbuotga aytishicha, ular NATO karvoniga qarshi Saidobod tumanining bir necha qishloqlarida uyushtirishgan.

Unga ko‘ra, 20ga yaqin yuk ortilgan avtomobil butunlay yondirib yuborilgan.

Kobul-Qandahor shoh yo‘li Tolibon ta‘siri kuchli bo‘lgan Saidobod ulusvorligidan o‘tgan.