Futbol ishqibozlari qayerdasiz, stadionlar bo‘sh qolmoqda

Image copyright AFP

London Yozgi Olimpiada O‘yinlarining futbol uchrashuvlariga katta sondagi chiptalarning sotuvga chiqarilganiga qaramay, Kardiff va Glazgodagi ikki yirik stadion bo‘sh qoladigan ko‘rinadi.

Deylik, mezbon Buyuk Britaniya Olimpiya terma jamoasining ilk sport bellashuvi bo‘lib o‘tajak 75.000 kishilik Millennium stadioniga bor-yo‘g‘i 40 ming muxlisning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Tashkilotchilarning esa, boshlari shishgan:

Ularning tan olishlaricha, 400.000 chipta hali sotuvga chiqmagan. 300.000 tasi haliyam sotuvda.

Shuncha chiptadan 450.000 tasi yana futbol uchrashuvlariniki bo‘lsa, xo‘sh nima qilmoq kerak?

Ayrim taxminlarga ko‘ra, mavjud vaziyat chiptalar narxining pasaytirilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ammo bu halicha o‘zining rasmiy tasdig‘ini topganicha yo‘q.

Markaziy Osiyo davlatlaridan hech birining futbol bo‘yicha Olimpia terma jamoasi o‘yinlarga yo‘llanma ololmagan.

Rossiyalik futbolchilar ham bu kabi baxtdan mosuvo qolishgan.

London Yozgi Olimpiada O‘yinlarida MDH davlatlarini futbol bellashuvlarida Belarus namoyon etadi.

Osiyo qit‘asidan esa, Yaponiya va Janubiy Koreya ishtirok etishmoqda.

Braziliya va Ispaniya muxlislari ham ko‘ngillarini to‘q qilishsa bo‘ladi.

Xullas, yangi futbol tomoshasiga buyog‘i sanoqli kunlar qoldi.