Shvetsiya: Obidxon qoriga qarshi suiqasdga bog‘liq mahkama davom etmoqda

Image copyright op.se
Image caption O‘zbekistonlik juftlik 15-may kuni Shvetsiya janubida hibsga olingandi

Shvetsiyaning Ostersund shahrida kechayotgan mahkamada bugun o‘zbekistonlik taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li ko‘rsatmasi tinglanmoqda.

"Otam haqida televizion ko‘rsatuvlar muntazam berib borilgan. 2010 yilgilar o‘ta jiddiy edi. Ular otam terrorchi sifatida tasvirlangan ko‘rsatuvni namoyish etishdi. Unda otam terrorchi guruhlarni nazorat qilishi va BMT hamda G‘arbdan ko‘mak olishi haqida gapirilgandi", deb Dovudxon Obidxon o‘g‘li.

Obid qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromsund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum qurolli tomonidan otib ketilgandi.

Asli o‘zbekistonlik juftlikka shu yil fevral oyida Stromsund shahrida imomni otgan shaxsga qotillikni uyushtirishda yordam berish ayblovi qo‘yilgan.

Suiqasdni amalga oshirgan asosiy ijrochining hanuz ozodlikda ekanini aytgan.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov hamon shifoxonada koma holatida yotibdi.