AQShda Betmen filmining namoyishi paytida odamlar o‘ldirilgan

Image copyright AP
Image caption Guvohlarga ko‘ra, maska kiygan noma‘lum kishi tomoshabinlarga qarata o‘q uzgan

AQShning Kolorado shtati Denver shahri politsiyasiga ko‘ra, Betmen haqidagi yangi "Qora ritsar: Afsonaning tug‘ilishi" filmining premerasi paytida kamida 14 kishi o‘ldirilgani aytilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 50 kishidan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Denver yaqinida joylashgan Avrora shahri kinoteatrida otishma kelib chiqqan.

Politsiya gumon qilingan bir kishini mashina to‘xtash joyida hibsga olganini xabar qilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, maska kiygan noma‘lum kishi tomoshabinlarga qarata o‘q ochgan. Tomosha zaliga granata uloqtirgan.

CNN kanalining xabar berishicha, guvohlardan biri kinoteatr zinapoyalaridan sekin chiqib kelib tomoshabinlarga to‘xtamasdan o‘q uzgan erkakni ko‘rgan.

Hodisa joyiga ko‘p sonli tez yordam mashinalari yetib borgan.

Denver shahridan BBC jonli efirini tomosha qiling