BBC mehmoni, yozuvchi Murod Karim o‘g‘liga savol yo‘llang

Image caption Murod Chovushning yozuvchi.uz adabiyotsevarlarning sevimli saytlaridan biriga aylangan

O‘zbekistonlik iqtidorli yozuvchilardan Murod Karim o‘g‘li bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob beradi.

Murod Karim o‘g‘li 1970 yil 30-yanvarida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.

O‘zbekiston Milliy Universitetinining o‘zbek tili va adabiyoti kechki bo‘limini 1999 yilda tugatgan.

"O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati" va "Yozuvchi" gazetalari hamda "Mushtum" jurnalida ishlagan.

Murod Karim bir yildan buyon yozuvchi.uz saytini bir yil davomida moderatorlik qilib keladi.

Bu vaqt davomida muxlislarga o‘zbek adabiyoti yaratilgan va yaratilayotgan yangi badiiy asarlar bilan tanishtirib bordi.

Murod Chovush taxallusi bilan qalam tebratuvchi BBC mehmoni "Hech" va "Qora dengiz" romanlari muallifidir.

Unga savollaringizni quyidagi maxsus forma orqali qoldirishingiz yoki uzbek@bbc.co.uk ga yo‘llashingiz mumkin.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.