"O‘zbek diktatorining qizi xalqaro miqyosdagi pop qo‘shiqchi bo‘lmoqchi"

Image copyright BBC World Service
Image caption o‘zining oxirgi ishlarini e‘lon qilish uchun Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni ma‘qul biladi.

Agarda siz buni Amerikaning musiqiy va ko‘ngilochar jurnali bo‘lgan Billboardning birinchi sahifasida qilgan bo‘lsangiz, siz ishingizni uddalay olgansiz, deb o‘ylash mumkin.

Ammo siz musiqali albomingizni taqdim qilish maqsadida reklamangizni musiqiy jurnalning eng ko‘zga ko‘ringan joyida joylashtirish uchun pul to‘lagan bo‘lsangizchi?

O‘zbekiston prezidentining qizi aynan shunday qilishni lozim topdi.

Gulnora allaqachonlardan buyon mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy o‘yinchilardan biri sifatida ko‘riladi.

Biroq keyingi yillarda u o‘zini yana shoira, modeler, va dunyoga mashhur "Massive Attack", Adel, Kanye West va Sadalar kabi o‘z qo‘shiqlarining yaratuvchisi sifatida taqdim qilishni xush ko‘rmoqda.

Islom Karimovning qizi Sovet Ittifoqi qulagandan buyon ijtimoiy ommaviy axborot vositalarining ilg‘or foydalanuvchisi hisoblanadi.

Shu sababli ham u o‘zining oxirgi ishlarini e‘lon qilish uchun Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni ma‘qul biladi.

"Mening musiqiy albomim bugun chiqadi!", deb e‘lon qildi u 5 iyun kuni o‘zining "Haqiqiy GooGoosha" deb nom qo‘yilgan Facebookdagi sahifasida.

"AQSh ITunesi musiqiy do‘koniga bordim va u o‘sha yerda bor edi" deb hayajonlanib xitob qiladi u.

Karimova xonim "GooGoosha" deb nomlangan yangi musiqiy albomining, darvoqe, bu ism bilan uni kichikligida otasi erkalab chaqirgan ekan, yutuqlari bilan muxlislarini tanishtirishda davom etadi.

("buni qarang, odamlar Round Run musiqalari ostida tantanalar o‘tqazishmoqda... qanchalar hayajonli...)

O‘zining internet sahifasida Round Run musiqasi "Amerikaning yuzdan ortiq tungi klublarida ko‘plab mashhur dijeylar tomonidan o‘ynalmoqda", - deb xabar beradi u.

Gulnora Karimovaning ta‘kidlashicha, qo‘shiq Lady Gaganing "Born this Way" ("Shu yo‘lda tug‘ilgan") albomida birga ishlagan DJ White Shadow tomonidan yaratilgan.

Billboarddagi e‘londan so‘ng u Twitterda "Men hozirgina Billboard jurnalining nusxasini oldim... mening yangi albomim muqovada... o‘ylaymanki, muxlislarimga yoqadi...)", deb fikr qoldiradi.

O‘quvchi Billboardda Karimova xonimning musiqasi haqida gap bor deb o‘ylashi mumkin.

Aslida balandparvoz reklamadan so‘ng, jurnal ichidan musiqiy albom va yo uning ijrochisi haqida hech narsa topolmaysiz.

Gulnora Karimova o‘zi o‘ylab chiqarayotgan ko‘ngil ochar loyihalaridagina qo‘shiqchi bo‘lib hisoblanadi.

U o‘zini she‘riyatda, zargarlik va liboslar dizaynerligida sinab ko‘rdi.

O‘tgan yili Nyu York Modalar haftaligiga o‘zining liboslar kollektsiyasini olib borgan Karimova xonim marosimda qatnashish sharafiga muyassar bo‘lolmadi.

Inson huquqlari faollarining O‘zbekistondagi bolalar mehnatidan foydalanish va inson huquqlarining buzilish hollarini aytib, tashkil qilgan norozilik chiqishlaridan so‘ng uning shouda qatnashishi bekor qilindi.

Karimova xonim O‘zbekistonda turli davlat lavozimlarida, jumladan, BMTning Jenevadagi elchisi va Ispaniyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

U shuningdek, mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli futbol klubining egasi sifatida ko‘riladi.

Gulnora xonim o‘z muxlislariga ega deyiladi. Biroq uning imidji mamlakatidagi madaniy qadriyatlarga teskari qiyofani taqdim etadi.

O‘zbek ommaviy axborot vositalari xalqni g‘arb madaniyatining, jumladan, rok va rep musiqasi, yoxud ijtimoiy tarmoqlar ta‘siriga tushib qolmaslikdan doimiy ogohlantirib kelishi ortidan, prezident qizining shu ikkala sohadagi faoliyati yanada ajoyib ko‘rinadi.