Qonli to‘qnashuvlarga sahna bo‘layotgan Suriya poytaxti Damashqda hayot qanday kechmoqda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC arab xizmati muxbiri Asaf Abud Suriya poytaxti Damashqda kundalik hayot shu kecha kunduzda qanday kechayotgani tushirilgan tasvirlarni uzatgan.

Unda Damashq ko‘chalaridagi tanklar, hujumlar oqibatida yonayotgan uy-joylar, Qizil Xoch tashkilotining oziq-ovqat tarqatayotgani, non va yoqilg‘u uchun paydo bo‘lgan uzundan-uzoq navbatlar o‘z aksini topgan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Damashqning isyonchilar qo‘liga o‘tgan bir qancha tumanlari yana hukumat kuchlari nazoratiga olingan.

Har kuni minglab qochqinlar Suriya chegaralarini kesib qo‘shni Turkiya, Livan va Iordaniyaga qochib o‘tmoqdalar.