Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un oilalik

Image copyright AFP
Image caption Shimoliy Koreya rahbarining shaxsiy hayoti jamoatchilikdan sir tutib kelingan

Shimoliy Koreya davlat televideniyesi birinchi bor mamlakat rahbari Kim Chen Unning uylanganligini tasdiqlagan.

Yangi istirohat bog‘ining ochilish marosimida Kim Chen Un turmush o‘rtog‘i xonim Ri Sol- Ju bilan qatnashishi qayd etilgan.

Keyingi paytlarda Kim Chen Unning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mish-mishlar ko‘paygan, marosimlarga xushsurat ayol bilan qatnashgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘lgan edi.

Kim Chen Unning yonidagi ayolning kimligi, singlisimi, rafiqasimi yoki do‘stimi ekanligi haqida turli taxminlar bildirilgan.

Kim Chen In shaxsi haqida nafaqat dunyoda, balki mamlakati ichida ham juda oz narsa ma‘lum.

Shu paytgacha dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri yo‘lboshchisining shaxsiy hayoti jamoatchilikdan sir tutib kelingan.

Shimoliy Koreya rahbarining omma oldida chiqish qilib, turli qiziqishlarini namoyish etayotgani esa turlicha talqin qilinmoqda.

Bunga mamlakatda esayotgan oshkoralik shabalari sifatida ham, G‘arbga, odatlariga nisbatan munosabatlar o‘zgarayotgani yoki shunchaki xalqning e‘tiborini chalg‘itish sifatida ham ko‘rayotganlar yo‘q emas.

Kim Chen Un o‘tgan yili otasi Kim Chen Irning vafot etgani munosabati bilan davlat boshlig‘i lavozimini egallagan.

Shimoliy Kooreyaning yangi rahbari Kim Chen In bobosi Kim Ir Senning 100 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda nutq so‘zlab, omma oldida ilk bor chiqish qilgan edi.

Kim Chen Inning turmush o‘rtog‘i deb aytilayotgan Ri xonim chorshanba kuni mahalliy televideniyedan ko‘rsatiladi va uning nomi radioda o‘qilgan sakkiz daqiqalik nutqda eslab o‘tiladi.