Toshkent gotlari o‘z madaniyatlarini saqlab qolishni istashadi

Image caption Toshkentdagi gotlar Botkin mozorida bo‘lgan vaxshiyliklarni o‘z vakillari qilganiga ishonishmaydi

Yaqinda Toshkentning Botkin mozoridagi qabrtoshlarga bo‘lgan hujumlar shaharning pravoslav aholisini larzaga keltiradi.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, qirqdan ortiq qabrtoshlar sindirilgan.

1872 yilda barpo etilgan qabristonda ko‘plab taniqli rus va armanlar ko‘milgan.

Pistirma uyushtirgan militsiya hodimlari ikki maxalliy yosh yigitni qo‘lga olishgan. Internet xabarlarida ularni gotlar deb atay boshlashgan.

Bu xabarlarni eshitgan Toshkentning gotlar jamoasi katta xavotirga tushgan, sababki, ular yillar davomida militsiya xodimlari tomonidan taziyqlarga uchrab kelayotganlari aytiladi.

O‘n sakkiz yoshda bo‘lgan Letitsiya Toshkentning sanoqli gotlaridan biri, u o‘zining qora charmdan tikilgan uzun kuylagi, tirsaklarigacha kiyilgan perchatka, va bo‘yniga osib qo‘ygan xoch bilan atrofdagi odamlarning diqqatini jalb etadi. Letitsiyani va uning yuzlari sirg‘alar uchun teshilgan va ikki qo‘li igna urib rangli tatuirovka solingan Gotya ismli hamrohini Toshkentdagi yoshlar muqobil madaniyatining so‘ngi namoyandalaridan deb aytish mumkin. Letitsiya "got bo‘lish men uchun xayot tarzini anglatadi va bir paytlar got bo‘lgan inson hamisha gotik madaniyatda qoladi," - deb aytadi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab bor yo‘g‘i 200ta gotlar qolgan. U aksariyat do‘stlari bilan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali muloqotda bo‘lib turadi. Gotlar ikkinchi ismlarini Menson deb ko‘rsatganlar. Toshkent gotlari orasida amerikalik qo‘shiqchi Merilin Menson xaligacha ham mashxur.

Letitsiyaning aytishicha, Ovrupoliklarga yoqishga qaratilgan ba‘zi urinishlarga qaramay, O‘zbekistonda yoshlar muqobil madaniyatlariga yomon ko‘z bilan qarashadi. Letitsiya va uning hamrohi Botkin mozorida bo‘lgan vaxshiyliklarda gotlarning qo‘li borligiga ishonishmaydi. Ularning tushuntirishlaricha, gotlar o‘lim va qabrlarga hurmat bilan qarashadi. Gotlar bu ishni qilmagan bo‘lishsa ham, lekin rasmiylar uchun gotlar madaniyati nazorat qilib bo‘lmaydigan xavfni anglatadi. Ularning o‘ylashlaricha, rasmiylar bir bahona topib, yoshlarning barcha muqobil madaniyatlarini taqiqlab qo‘yish harakatida.

Salbiy imidj

Toshkentdagi gotlar militsiya ularga qarshi reydlarni yanada kuchaytirish ehtimolidan qo‘rqishadi. Yillar mobaynida ularga qarshi o‘tkazilgan taziqlar davomida ko‘chalarda militsiya to‘xtatgani, yig‘ilish joylari yopilgani, gotik uslubida ijro etgan musiqaviy gurux Festa Martyria kontsertlari bekor qilinganini aytishadi. Ba‘zilari endilikda boshqa mamlakatlarga umuman ko‘chib ketishni rejalashmoqda. Ular qanday qiyinchiliklar bilan O‘zbekistonda o‘z madaniyatini saqlayotganlarini gapirishadi. Jamiyatda gotlarga nisbatan o‘ta salbiy munosabat mavjud. Ular uchun maxsus kiyim va taqinchoqlar sotadigan do‘konlar yo‘q. Ular o‘zlari, Letitsiyaga o‘xshab, o‘z liboslarini tikishga majbur. Musulmon oiladan chiqqan gotlar esa katta tanqid ostida. Ular xoch va bosh suyak ramzini osib yurganlari uchun atrofdagilar tomonidan umuman qabul etilmaydilar. Rossiya matbuoti ham gotlar jamoasi borasida shakllangan salbiy imidjga o‘z xissasini qo‘shgan.

Begona madaniyat

Image caption "Menga hech kim buyruq berolmaydi, men erkin insonman", - deyishadi gotlar

O‘zbekiston axborot vositalarida g‘arbning ommaviy madaniyatiga qarshi kampaniya davom etmoqda. Teledasturlarda horijiy madaniyat yoshlar orasida axloqsizlikni rag‘batlantirayotgani va mamlakatning milliy urf odatlariga ziyon keltirayotgani borasida ko‘pdan ko‘p gapiriladi. Rep va rok begona madaniyat deya ma‘n etilgan. Gotyaning aytishicha, bir necha yil oldin sodir bo‘lgan rok kontsertiga besh ming atrofida yig‘ilgan tomoshobinlarga qarshi militsiya reyd uyushtirgan. Niqob kiygan OMON tamoshani to‘xtatib, ko‘plarni vaqtinchalik hibsga olgan. U payt muqobil madaniyatlarga haqiqiy qiziqish katta edi. Kelib chiqishi musulmon oiladan bo‘lgan bir yigit The Rebels ya‘ni "Isyonkorlar" nomli og‘ir rok guruhida elektr gitara chalib o‘z qo‘shiqlarini ingliz tilida ijro etganini gapirib bergan. Biroq borgan sari mamlakatda rokerlarga qarshi hukm surgan muhit tufayli guruh o‘z faoliyatiga chek qo‘yib, ba‘zilari chet elga chiqib ketishga majbur bo‘lishgan.

SSSR parchalanishidan oldin turli xil muqobil madaniyatlarning rivojlanishi avjga chiqqan davr edi. Gotyaning akalari roker bo‘lganlari bois u heavy metal ya‘ni rok musiqaning og‘ir turini yoshligidan eshitib kelgan. Uning onasi bir sirg‘alik akalarining tashqi qiyofalariga unchalik indamagan bo‘lsa-da tatuirovka va butun badani pirsing bo‘lgan Gotyaga boshida qattiq qarshilik ko‘rsatishgan. Shaharning asosan ishchilar yashagan mavzeidan bo‘lgan Gotyaning onasi Toshkent haqiqiy kosmopolit shahar bo‘lgani, ko‘p sondagi rus, arman va yaxudiylar yashaganlarini gapirib beradi. Sovet Ittifoqi davrida ko‘proq got, pank va rokerlar bo‘lgan, deydi o‘sha paytlarni eslab Gotya.

"Menga hech kim buyruq berolmaydi, men erkin insonman."

Toshkent chekkasida joylashgan klubga kechki paytda muqobil madaniyat vakillari yig‘ilishadi. "O‘tmishda har bir kontsert 300 yaqin ishqibozlarni yig‘ardi, xozir esa ularning soni atigi 20ga boradi. Nima sabadan hukumat bizni ma‘n etadi, axir bizning rang-barangligimiz davlatning qanchalik rivojlanganidan dalolat emasmi? Bir tomondan yosh musulmonlarga ro‘mol o‘rashni taqiqlab qo‘ysa, ikkinchi tomondan bizni o‘z o‘zimizni ifodalashimizga to‘siqlik qilsa, demak ular bizning narkoman va mast bo‘lib yurishimizni istayaptilar degan xulosaga kelishimiz mumkin?"deyishadi ular. "Siz o‘z madaniyatingizni faqatgina o‘zingizga uxshaganlar bilan birga bo‘lganingizda saqlab qolishingiz mumkin". Gotlar o‘z madaniyatini saqdab qolishlari uchun qattiq harakat qilishadi, deb aytadi Gotya. "Biroq, O‘zbekistonda faqat davlat o‘zi yaratgan va nazorat qilayotgan madaniyat rivojlanishi mumkinligiga o‘xshamoqda".