Amitabx Bachchan London Olimpiadasi mash‘alasini ko‘tardi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Londonda XXX Yozgi Olimpiada O‘yinlari boshlanishiga bir kun qolganda Olimpiya mash‘alasi afsonaviy hind kinoaktyori Amitabx Bachchanga berilgan.

Amitabx Bachchan payshanba ertalab London janubida mash‘alani ko‘tarish o‘zi va vatani Hindiston uchun "ulkan sharaf hamda faxrli lahzalar bo‘lganini qayd etdi".

Kam sonli xorijliklar qatorida hind san‘atkoridan mash‘alani ko‘tarishni so‘rash ramziy ahamiyatga ham molik.

Britaniyaning sobiq mustamlakasi bilan o‘rtadagi munosabatlari bugun shiddat bilan o‘sayotgan Hindiston iqtisodi bois zarurat va teng hamkorlikka aylanmoqda.

Amitabx Bachchan London Olimpiadasiga bosh qo‘shgan yagona hind yulduzi emas.

"Oskar" mukofoti sovrindori Olloh Raxa Rahmon ham London Olimpiadasi uchun maxsus musiqa yozgan.

"Bu Britaniyaga Hindiston ta‘siri qay darajada ekanini ko‘rsatuvchi Panjobiy kuydir" - deb aytgan Olloh Raxa Rahmon.