Olimpiya musobaqalari o‘tadigan Uimbli o‘yingohining kaliti yo‘qolgan

Image caption Bundan oldin o‘yinlar paytida bo‘sh o‘rinlarning qolib ketganligi ham janjalga sabab bo‘lgan edi.

Londonda O‘yinlarning asosiy futbol musobaqalari o‘tkazilishi mo‘ljallangan Uimbli o‘yingohining kaliti yo‘qolgan.

Politsiyaning aytishicha, o‘yingoh ichki majmuining elektron kalitlar to‘plami o‘tgan haftada Olimpiya o‘yinlaridan oldingi so‘nggi tekshiruvdan keyin yo‘qolib qolgan.

Skotland-yard xodimlarining bir necha kunlik qidiruvlari davomida, kalit yo‘qotilishidan oldingi voqealar daqiqama-daqiqa eslanib tekshirilganda ham, biror natija bermagan.

Taxmin qilinishicha, kalit xodimlarning ishga mas‘uliyatsizliklari tufayli yo‘qotilgan, o‘g‘irlanmagan.

Kalitlarning nusxasini tayyorlash qanchaga tushishi oshkor qilinmasa ham, u o‘nlab ming dollarga tushishi aytilmoqda.