Olimpiadada ko‘ngilli bo‘lib ishlash qanday? O‘zbek xodim hikoyasi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Londonda Olimpiada va Paralimpik o‘yinlarning nuqsonsiz o‘tishi uchun 70 ming nafar ko‘ngilli xodimlar ishga yollanganlar. Ular Olimpiya parkining do‘stona chehrasi sifatida amal qilishadi. Oralarida hisobchilar, hamshiralar, aktyorlar, huquqshunosu nafaqaxo‘rlar bo‘lgan bu xodimlar Olimpiadadan so‘ng o‘zlarining odatiy kasblariga qaytadilar.

Ko‘ngilli xodimlar orasida o‘zbekistonlik Bahodir ham bor. U bir necha yildan beri Londondan yashaydi va Olimpiadaga yollanish imkoniyati chiqishi bilan unga ariza topshirgan.

Ibrat Safo Bahodir bilan uchrashib, uning ishi qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

"Olimpiada boshlanganiga deyarli bir haftadan oshgan bo‘lsa, ba‘zi kunlar judayam issiq bo‘ldi, ba‘zi kunlar salqin, ba‘zilarida yomg‘ir yog‘di. Lekin, shunga qaramay odamlarning keti uzilmadi. Bizning xodimlar odamlarning ruhini yanada ko‘tarish uchun ba‘zilari ashula ham aytdi, ba‘zilari raqsga ham tushdi. Qo‘lidagi megfonlardan odamlarga gapirib, hazil-huzul qilib ularning kayfiyatini ko‘tardilar. Kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasa ham, bu yerga kelganingizdan keyin kayfiyatingiz 100% ko‘tarilib ketadi", - deydi Bahodir.

Suhbatning to‘liq versiyasini tinglang.