Olimpiyachilar sharafiga O‘zbekiston madaniyati kechasi o‘tqazilgan

Tadbir Britaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda Fond Forum jamg‘armasi tomonidan uyushtirilgan.

Madaniyat kechasida o‘zbekistonlik sporchilardan tashqari Olimpiya qo‘mitasining vakillari, boshqa mamlakat sportchilari qatnashishgan.

Fond Forum jamg‘armasi 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida ham shunga o‘xshash tadbirlar uyushtirgan.

Madaniyat kechasida O‘zbekistonlik taniqli san‘atkorlar chiqishlari, "Fond Forum O‘zbekistonni taqdim etadi" fotoalbomi va mamlakat tarixi va madaniyati haqidagi fotoko‘rgazma namoyishini tashkil qilingan.

Bu yilgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan 53 sportchi qatnashmoqda.

Hozirgacha O‘zbekiston hisobidagi bitta bronza medal bilan mamlakatlar ichida oxirgi 52 o‘rinni egallab turibdi.

Oldinroq Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi o‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Luiza Galiulinani London Olimpiyasi o‘yinlaridan chetlatgan edi.

Shu hafta boshida Luiza Galiulinaning ikkinchi tekshiruvida ham taqiqlangan furotsemid moddasi topilgani sababli uni Olimpiada qishloqchasidan chiqarib yuborishga qaror qilingan.

Bundan avval qonida nasha alomatlari topilganini aytib, London Olimpiadasi arafasida Pekin Olimpiadasi kumush medali sovrindori Abdulla Tangriyev ham O‘yinlardan chetlatilgan.