Suriya hukumati rejim parchalanayotganini rad etmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Suriya bosh vaziri Riyod Hijob qochganidan keyin uning o‘rniga Umar Halavanji tayinlangan.

6 avgust kuni asli Suriya shimoli-sharqidagi Deyr az-Zuur shahridan bo‘lgan Riyod Hijobning "Damashq terrorchi rejimni tark etib, muqaddas inqilobchilarga qo‘shilgani" haqida xabar qilindi.

Riyod Hijob Suriya hukumatidan qochgan eng yuqori lavozimdagi amaldor bo‘lgan.

AQSh va Frantsiya janob Hijobning qochishini Suriya rejimi parchalanayotganining belgisi, deb chiqdilar.

Biroq Suriya Bosh vaziri lavozimini vaqtincha ijro etuvchi Umar Halavanji aytishicha, mamlakatning barcha davlat institutlari normal faoliyat yuritayapti.