Obid Yunusov: "Kurashchilarimiz g‘alaba qozonib kelishsa, ura deb yuboraman..."

Image copyright pixland.uz
Image caption Obid Yunusov: "Kurashchilarimiz g‘alaba qozonib kelishsa, ura deb yuboraman..."

Britaniya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tayotgan XXX Yozgi Olimpiada O‘yinlari o‘zining avj qiyomiga yetib bormoqda.

27 iyul kuni start olgan ikki haftalik bellashuvlar chog‘ida dunyoning ikki yuzdan ortiq davlatidan minglab sportchilar ishtirok etishmoqda.

O‘ttizdan ortiq sport turi bo‘yicha besh mingga yaqin medal uchun kurash olib borayotgan olimpiyachilar orasida ellikdan ortiq o‘zbekistonliklar ham bor.

Bu – O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi uchun beshinchi Yozgi Olimpiada O‘yinlari bo‘ladi.

Shu paytga qadar dzyudo musobaqalarida bitta bronza medali qo‘lga kiritgan bo‘lishsa ham, ularning hanuz yakka kurash sport turlarida o‘zlarini ko‘rsatishlari kutilmoqda.

Jumladan, 75 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik dongdor bokschi Abbos Atoyev O‘yinlarning bronza medalini o‘ziga kafolatlagan.

Oralarida ketma-ket uch Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindori Artur Taymazov ham bo‘lgan o‘zbekistonlik kurashchilar esa, kuni-kecha o‘z bellashuvlarini boshlashgan.

O‘zbekistonlik sport sharhlovchilari London Yozgi Olimpiada O‘yinlari mamlakat ichkarisida katta qiziqishga sabab bo‘layotganini aytishadi.

O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi va mahalliy ishqibozlar uchun eng qiziqarli bo‘lgan barcha bellashuvlar O‘zbekistonga bevosita translyatsiya etilmoqda.

Biz O‘yinlar muhim pallaga kirgan ana shu manzarada o‘zbekistonlik yulduz xonanda, san‘atkor, yozuvchi va shoirlarning O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga tilaklari bilan qiziqdik.

Navbatdagi suhbatdoshimiz O‘zbekiston Xalq artisti, el sevgan san‘atkor Obid Yunusov London Yozgi Olimpiada O‘yinlarida o‘z ishtiroklarini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik sportchilarga tilaklari bilan...

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi