Misr prezidenti mudofaa vaziriga iste‘fo bergan

Image copyright Reuters
Image caption Muhammad Mursiy "xalqning manfaatlarini o‘ylab" qaror qabul qilganligini aytgan.

Misr qurolli kuchlari rahbari Muhammad Husayn Tantaviy va Bosh shtab boshlig‘i Sami Annan iste‘foga chiqarilgan.

Prezident Muhammad Mursiy buni "xalqning manfaatlarini o‘ylab" qilganligini aytgan.

Shuningdek, Harbiy Kengash qabul qilgan prezident vakolatlarini chegaralaydigan konstitutsion deklaratsiyani bekor qilgan.

Husni Muborak qudratdan ketgazilgandan buyon harbiylar va "Musulmon birodarlar" munosabatlari muammoli bo‘lib qolayotganligi kuzatiladi.

Mudofaa vazirligidan ozod qilingan Tantaviy iste‘foga rozi yoki yo‘qligi haqida bildirmagan.

Prezident matbuot kotibi Yasir Alining aytishicha, yangi qo‘mondon Abdul Fattoh Sissiy bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni paytda Misr prezidentining minglab tarafdorlari uni qo‘llab namoyishga chiqqanlar.