BBC mehmoni - shoir va jurnalist Yusuf Rasulga savol bering

Image caption Yusuf Rasul asos solgan "Yangi Dunyo" web sahifasi xorijdagi o‘zbeklar orasida anchayin mashhur.

Shoir va jurnalist Yusuf Rasul bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob beradi.

Yusuf Rasulga savollaringizni sahifamiz ostidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

Yusuf Rasul 1971 yilning 24-aprelida Tojikistonning Panjikent tumani, So‘jina qishlog‘ida tug‘ilgan.

1993 yilda ToshDu jurnalistika fakultetini tamomlagan.

1997 yilda Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nashriyotida "Ko‘ngildagi masofa" she‘rlar to‘plami nashr qilingan.

Uning she‘rlari shuningdek rus, shved va ingliz tillariga ham tarjima qilingan.

Bu davrda O‘zbekistondagi "Xabar", "Vatanparvar", "Erudit" gazetalarida ishlagan, O‘zbekiston davlat radiosi bilan hamkorlik qilgan.

Bundan tashqari Yusuf Rasul o‘zbek xalq dostonchilik maktabi asoschisi - Po‘lkan shoir sulolasining adabiy me‘rosi targ‘iboti bilan ham shug‘ullanadi.

Yusuf Rasul va rafiqasi, Po‘lkan shoirning evarasi Saodat Po‘lkanova bilan birga Po‘lkan shoirning web sahifasi va fondini tashkil qilgan.

Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.

Shu yil uning she‘rlari Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan turkiy xalqlar adabiyoti namunalari to‘plamiga kiritildi.

Yusuf Rasul xorijdagi o‘zbeklar orasida ancha tanilib qolgan www.yangidunyo.com internet nashri asoschisi va muharriri hamdir.

Ikki o‘g‘li bor: Humoyun 18 yoshda va Behruz 13 yoshda.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.