BBC navigation

Moskva politsiyasi muhojirlar jinoyatlari bilan shug‘ullanadigan bo‘linma tuzdi

Сўнгги янгиланиш 14 август 2012 - 15:41 GMT

Birgina Moskvaning o‘zida bir necha million Markaziy osiyolik mehnat muhojiri ishlaydi

Rossiya Ichki ishlar vazirligidan ma‘lum qilishlaricha, Moskva politsiyasida noqonuniy muhojirlikni tashkillashtirishga bog‘liq jinoyatlarni ochishga ixtisoslashgan bo‘linma tashkil etilgan.

Ushbu bo‘linmada faoliyat yurituvchi 71 politsiya mutaxassisi poytaxtga kelib ishlayotgan mehnat muhojirlari faoliyatini nazorat etib boradi.

O‘zxshash bo‘linmalar mahalliy politsiya bo‘linmalarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Rossiya Ichki ishlar vazirligi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida Rossiyada xorijiy fuqarolarni noqonuniy ravishda ishga olgani uchun qariyb 23 mingga yaqin fuqaro va yuridik shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan va 40 mingdan ziyod mehnat muhojiri Rossiyadan deportatsiya qilingan.

Shu bilan birga Moskva bo‘yicha Federal Migratsiya Xizmati poytaxtda ishlovchi muhojirlarning sog‘ligi haqida ma‘lumotlarni jamlagan yagona markazni ochish tashabbusi bilan chiqqan.

Ushbu markaz taqdim etgan ma‘lumotga asosan xorij fuqarosiga Moskvada ishlash ruxsatini berish masalasi hal etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev muhojirlik siyosatga bog‘liq qonunchilikni mustahkamlash tashabbusi bilan chiqqan edi.

BBC Moskvadan Markaziy osiyolik mehnat muhojirlari huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroyev bilan yangi politsiya bo‘linmasi haqida suhbatlashdi.

Москва полицияси муҳожирлар жиноятлари билан шуғулланадиган бўлинма тузди

Россия Ички ишлар вазирлигидан маълум қилишларича, Москва полициясида ноқонуний муҳожирликни ташкиллаштиришга боғлиқ жиноятларни очишга ихтисослашган бўлинма ташкил этилган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.