BBC navigation

Putinga suiqasdda ayblanganlar Moskvaga topshiriladi

Сўнгги янгиланиш 14 август 2012 - 15:02 GMT

Saylovlardan oldin Putin suiqasddan qo‘rqmasligini aytgandi.

Ukrainaning Odessa viloyati apellyatsion mahkamasi Vladimir Putin hayotiga suiqasd uyushtirishda gumon qilinayotgan shaxsning arzini rad etib, Ukraina Bosh Prokuraturasining uni Rossiyaga ekstraditsiya qilish qarorini kuchda qoldirgan.

Ukraina qonunchiligiga binoan, Groznыy shahrida tug‘ilgan Adam Osmayevning himoyachilari boshqa shikoyat bilan chiqa olmaydilar.

Ukraina Bosh Prokuraturasining matbuot bo‘limi rahbari Yuriy Boychenko ekstraditsiya yaqin kunlarda amalga oshirilishini aytdi.

Osmayevning advokati biroz avval Ukraina xabar agentliklariga o‘z mijozining ekstraditsiyasi Ukraina qonunlariga zid ekanini aytgan. Ukraina qonunlariga binoan, gumondor o‘lim jazosi yoki qiynoqlar va haqoratlarga yuz tutadigan davlat qo‘liga topshirilmasligi kerak. Advokat Aleksey Shipkovning aytishicha, Rossiya hibsxonasida 2009 yil noyabrida jon bergan Sergey Magnitskiyning ishi Rossiya qiynoqlar qo‘llaydigan davlat ekaniga yaqqol misoldir.

Rossiyada Osmayev va uning sherigi ekani aytilayotgan qozog‘istonlik Ilьya Pьyanzin joriy yilning 9 aprelida sirtdan hibsga olinganlar.

Ular qurolli guruh tarkibida amal qilish, davlat arbobi hayotiga suiqasd uyushtirish, noqonuniy ravishda qurol ishlab chiqarish va noqonuniy ravishda qurol saqlashda ayblanganlar. Agar aybdor topilsalar, gumondorlarning har biri 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Apellyatsion mahkama davomida qoralovchi tomon Osmayevning Rossiyada terrorchi amalning bajarilishiga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga urindi.

Osmayev portlovchi moddalar bilan tajribalar o‘tkazganini tan oladi, lekin Putin hayotiga suiqasd uyushtirgani va "Imorat Qofqoz" tashkilotiga ishlaganini rad qiladi.

Adam Osmayev 4 fevralda hibsga olingan. Putinga suiqasd borasidagi lavha esa 27 fevralda, Rossiya prezidentlik saylovlariga bir hafta qolganda namoyish qilingan.

Telekanal o‘shanda Odessada xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinganini xabar qilgan. Ularning ko‘rsatmalaridan ular Putinga suiqasdni 4 martda, prezidentlik saylovlari ortidan amalga oshirishni rejalagani aniqlangan.

Adam Osmayev va Ilьya Pьyanzin, shuningdek, Chechen Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov hayotiga suiqasd uyushtirishda ham ayblanadilar.

Ularning qo‘lga olinishini Rossiyada ko‘plar Putinga dastakni oshirishni ko‘zlagan saylovoldi o‘yin deya baholaganlar.

Vladimir Putin nufuzli lavozimlarni egallab kelayotgan yillar davomida unga qarshi kamida olti marta suiqasd amali tayyorlangani xabar qilingan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.