BBC navigation

Suriya sobiq Bosh vaziri: "Assad rejimi qulamoqda"

Сўнгги янгиланиш 14 август 2012 - 14:24 GMT

Suriya sobiq Bosh vazirining aytishicha, qurolli kuchlar xalq tomonini olishi kerak.

O‘tgan hafta Iordaniyaga qochib o‘tgan Suriya sobiq Bosh vaziri Riyod Hijob Bashar Al-Assad rejimi "moliyaviy, harbiy va ruhiy" jihatdan qulayapti, deb aytdi.

Bu haqda Riyod Hijob Ammandagi matbuot anjumanida aytdi.

Unga ko‘ra, Suriya hukumati mamlakatning 30 foiz hududi ustidan nazoratni yo‘qotgan.

Janob Hijob xorijdagi muxolifatni birlashishga va mamlakat qurolli kuchlarini xalq bilan birga bo‘lishga da‘vat qildi.

"Men Suriya qurolli kuchlarini Misr va Tunisdagi hamkasblaridan o‘rnak olib, xalq tomonini olishga chaqiraman", dedi Riyod Hijob.

U Suriyadagi keng miqyosli noroziliklar boshlanganidan beri hukumat tarkibini tark etgan eng yuqori lavozimli rasmiydir.

Ayni vaqtda Suriya prezidenti Bashar Al-Assad Pekinga safar bilan keldi.

Xitoy Tashqi Ishlar Vazirligi vakili Suriya muxolifati vakillarini ham uchrashuv uchun taklif qilish niyatlari borligini bildirgan.

Xitoy Suriya borasidagi BMT rezolyutsiyalariga qarshi chiqqan davlatlardan biridir. Lekin Suriyada siyosiy dialog va tomonlar o‘rtasidagi otashkesim tarafdori ekanligini bildirib kelmoqda.

13 avgust kuni Islomiy Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Suriyani tashkilotga a‘zolikdan chiqarish haqida kelishib olinganligini bildirdi.

Lekin Eron Tashqi Ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy mojaroni yechishninng boshqa yo‘llari ko‘rib chiqilishi kerakligini ta‘kidlab, Suriyani tashkilotdan chiqarilishiga qarshilik qilishini bildirdi.

Suriyadagi faollarning bildirishlaricha, 2011 yil mart oyida boshlangan noroziliklardan beri 21 ming kishi halok bo‘lgan.

BMTning insonparvarlik yordam yetkazish bo‘limi rahbari Valeri Amos Suriyaga yetib kelib, qurolli to‘qnashuvlar oqibatida yordamga muhtoj aholi ehtiyojlarini o‘rganib chiqmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, mojaro tufayli ikki millionga yaqin aholi yordamga muhtoj va bir millionga yaqin aholi uy-joylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.

Suriyaning ikkinchi yirik shahri Aleppoda hanuz janglar davom etayotgani, poytaxt Damashqda esa xavfsizlik kuchlari hujumlaridan qo‘rqqan aholi shahar markazidagi mavzelarni tashlab chiqayotgani xabar berilmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.