BBC navigation

Suriya: Damashqda kuchli portlashlar sodir etilgan

Сўнгги янгиланиш 15 август 2012 - 16:55 GMT

BMT kuzatuvchilari Suriyadagi vaziyat borgan sari yomonlashayotganini bildirishgan.

Damashq markazida BMT kuzatuvchilari joylashgan mehmonxona yaqinida kuchli portlash ro‘y bergan.

Suriya davlat televideniyesi xabar qilishicha, benzin solingan idishga ulangan portlovchi moslama ishga solingan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan. Muxolifat faollari shaharning boshqa yerlarida ham portlashlar sodir etilganini aytishgan.

Amerika Eron hukumatini isyonchilarga qarshi kurashayotgan Bashar al-Assad tarafdorlarini qurol bilan ta‘minlayotganlikda ayblagan.

Vashingtonda jurnalistlar oldida gapirgan general Dempsiga binoan, "isyonchilar bilan kurashda jismonan va ruhan holdan toygan askarlarga eron shialari yordam berishmoqda".

Janob Dempsi jangarilar Suriya uchog‘ini urib tushirgan bo‘lishsada, ularda og‘ir qurollar va zenit raketalari bo‘lmasligini mumkin, degan.

Saudiya Arabistonida musulmon davlatlar rahbarlari Suriya inqirozini va mamlakatni Islomiy konferentsiya tashkiloti a‘zoligidan chiqarilishini muhokama qilishadi.

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejotning bunga qarshi so‘zga chiqishi kutilmoqda.

Saudiyaning "Al-Vatan" ro‘znomasi Rossiyaning Yaqin Sharqdagi vakili Bogdanovning intervyusini chop etgan.

Unga ko‘ra, rossiyalik diplomat "Bashar al-Assad akasining ikki oyog‘idan ajralishi ortidan iste‘fo berishi mumkin degan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili rossiyalik diplomat bunday intervyu bermaganini, Suriyadagi vaziyat propaganda urushiga aylantirilayotganidan xavotir bildirgan.

Suriya parlament kotibi Xolid Obid "Damashq-Moskva" videoko‘prigida jangarilarni G‘arb davlatlari va Isroil qurol bilan ta‘minlayotganlarini ta‘kidlagan.

"Mamlakatdagi beqarorlik vaziyatidan manfaatdor va uni davom ettirayotganlarning maqsadi bitta - tuzumni ag‘darishdir", - degan suriyalik mulozim.

Xolid Obidning aytishicha, Suriyada qurollangan islomchilar va "Al-Qoida" jangchilari harakat qilmoqdalar.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.