BBC navigation

O‘zbekistonda kelgusi yildan yangi telekanallar ish boshlaydi

Сўнгги янгиланиш 15 август 2012 - 14:24 GMT

Prezident Islom Karimovning 30 iyul kuni qabul qilingan "O‘zbekistonda raqamli televideniyega o‘tish va yangi milliy telekanallarni ko‘paytirish" haqidagi qarori asosida O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi ikkita yangi televizion kanal ochishini e‘lon qilgan.

Kelgusi yil boshidan ish boshlaydigan telekanallardan biri "Madaniyat va Ma‘rifat" va ikkinchisi "Dunyo bo‘ylab" deb nomlanadi.

Telekanallarni tashkil qilishdan maqsad, aholining ma‘rifiy-madaniy darajasini oshirish, dunyoda erishilayotgan ilg‘or yutuqlar bilan tanishtirish, raqamli va multimediali texnologiyalarning so‘nggi imkoniyatlaridan foydalangan holda yuqori badiiy saviyaga ega bo‘lgan telemahsulot yetkazib berish ekani aytilgan.

Telekanal tashkilotchilaridan shoir va jurnalist Xurshid Davronga ko‘ra, xodimlarni tanlov asosida ishga olinadi.

Yangi telekanallar raqamli tizimda suratga olish va montaj qilishga mo‘ljallanganligi bois, tanlov jarayonida qatnashuvchilardan nafaqat ijodiy bilimga ega bo‘lish, shu bilan birga zamonaviy texnika imkoniyatlaridan foydalana olish qobiliyati talab qilinadi.

Telekanal mahsulotlarini horijga uzatish, o‘zbek jurnalistlarining chet ellardan ko‘rsatuvlar tayyorlashiga imkon yaratiladi.

"Dunyo bo‘ylab" telekanali litsenziya asosida dunyoning yetakchi telekanallari mahsulotlarini o‘zbekchalashtirib namoyish etishi, shuningdek O‘zbekistonning madaniyati, tarixi, turistik salohiyatini ham targ‘ib qilishi ko‘zda tutilgan.

Xurshid Davronning aytishicha, ayni paytda kanallarni tashkillashtirish ishlari ketmoqda.

2013 yil yanvaridan boshlab o‘zbek tomoshabini ko‘rsatuvlarni raqamli formatda ko‘rishi mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.