BBC navigation

AQShning Markaziy Osiyoda erishmoqchi bo‘lgan maqsadi nima?

Сўнгги янгиланиш 16 август 2012 - 16:17 GMT

Tahlichilarga ko‘ra, AQSh MArkaziy Osiyoda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni xohlaydi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleykning O‘zbekistonga safari davom etmoqda.

Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashgan janob Bleyk, Amerika-O‘zbekiston siyosiy konsultatsiyalarining 3-davrasi o‘tkazilayotganligini bildirgan.

Ana shu muloqotlar doirasida Amerikaning Markaziy Osiyoga mo‘ljallangan yangi strategiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilingan.

Chorshanba kuni o‘tkazilgan Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvlarda prezident Islom Karimov AQSh bilan O‘zbekiston muloqotlari yanada chuqurlashib, yanada boyib borayotganinini ta‘kidlagan.

Diplomatik aloqalarda bot-bot tilga olinuvchi bu iboralarni va Toshkentdagi muzokarlar tilini qanday talqin qilsa bo‘ladi?

AQShning Boston universiteti Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi, professor Tomas Barfilning fikricha, bu muzokaralar tilini ikki yo‘lda talqin qilish mumkin, ya‘ni qisqa muddatli maqsad va uzoq muddatli maqsadlar nuqtai nazaridan.

Tomas Barfild: Qisqa muddat nazarda tutilganda AQShning Afg‘onistondan harbiylar va jihozlarini olib chiqib ketish ehtiyoji nazardla tutiladi. Uzoq muddat ko‘zlanganda esa, bu mintaqaning iqtisodiy rivoji, bu yerda gaz, neft, elektr quvvati va tabiiy zaxirlar masalasi kirib keladiki, bularning hammasi Afg‘oniston bilan Markaziy Osiyoning jahonning boshqa qismlari bilan munosabatlarini belgilovchi omillarga aylanadi.

BBC: Qisqa muddatli maqsad, ya‘ni Shimoliy Ta‘minot Yo‘li, Afg‘onistondan harbiylar va jihozlarni olib chiqish ehtiyoji haiqda ko‘p gapipilmoqda va tafsilotlari ham kammi-ko‘pmi ma‘lum. Lekin uzoq muddatli maqsad nuqtai nazaridan AQShning bu borada qarashlari qanday?

Tomas Barfild: Menimcha, bu borada amerikaning nuqtai nazari o‘ziga foyda keltirishdan ko‘ra, mintaqaga iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni olib kelishdir. Mana qarang, oxirgi vaqtda Afg‘oniston bilan tabiiy zaxiralar va neft sohasida amalga oshirlayotgan loyihalarning aksari Xitoy va Hindiston bilan bo‘lyapti, AQSh bilan emas. Xullas, Markaziy Osiyoning iqtisodiy potentsiali ulkan va hozirda bu potentsialni rivojlantirib, moliyani ham ularning o‘zlari topishlariga umid qilinmoqda. G‘arb esa bu jarayonlarda kichikroq rol o‘ynashi kutilmoqda.

BBC: G‘arb va Amerika mintaqaning iqtisodiy rivojini ko‘zlayotgan ekan, bu jarayonda moliya va loyihalarni ne qadar olib keladi?

Tomas Barfild: Fikrimcha, aytganimdek g‘arb bu jarayonda kichikroq rol o‘ynamoqchi. Lekin mana Xitoy mis zaxirasini ishlab chiqish maqsadida Shinjondan Afg‘oniston tomon temir yo‘l qurilishini moliyalamoqchi. Hindiston esa Fors ko‘rfazidan Eron orqali Afg‘onistonga temir yo‘lini moliyalash haqida gapirmoqda. Bularning hech birida Amerika ishtirok etmaydi. Amerika qiladigan asosiy ish bu o‘rtada hamohanglikni ta‘minlab, xavfsizlik sohasiga ko‘z quloq bo‘lib turish.

BBC: Amerikaning Markaziy Osiyodagi hozirgi harakatlarida aksil-Xitoy yoda aksil-Rossiya jihatlari bormi?

Tomas Barfild: Hozirgi payt na aksil-Xitoy, na aksil-hind hissiyotlar bu ishda mavjud. AQShning Rossiya va sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarini nazarda tutadigan bo‘lsak bu yerda biroz shubhayu gumon bo‘lishi mumkin, lekin buning ham darajasi ancha past. Hozirda AQSh bu mintaqaning barqaror va o‘z o‘zini boshqaruvchi mintaqa sifatida ko‘rish niyatidadir. Bu borada mintaqa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti va tuzukroq integratsiya ayni shu maqsad tomon boshlaydi. Mening o‘z nuqtai nazarimda bevosita iqtisodiy yordam AQShning nazdida ikkinchi darajadagi faktordir.

BBC: AQSh bu maqsadga erishishda qanchalik muvofaqqiyatli bo‘lishi mumkin, chunki mintaqa anchayin mushkul emasmi?

Tomas Barfild: Mintaqa u qadar mushkulki, AQShning muvofaqqiyatga erishish uchun yetarlicha imkoniyatlari yo‘q. Lekin bu mintaqada barqarorligu integratsiya zafar qozonishi uchun bir ma‘noda tashqari chorchubaning mavjudligi muhim bo‘lganligi uchun, AQSh hozirda buni kafolatlay oladigan yagona kuchdir. Barqarorlikni qo‘shinlar yordamida bo‘lmasa da siyosiy iroda o‘laroq ta‘minlashni AQSh kafolatlay oladi. Agarda Shanxay tashkilotini oladigan bo‘lsak, bu tashkilot barqarorligu xavfsizlikni ta‘minlash va‘dasini bersa-da, buni kafolatlashdan yiroq. Rossiya bu mintaqada bevosita aralashishga ko‘pam qiziqmaydi. Xitoy va Hindiston ham o‘zlaricha aralashishmasa kerak.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.