BBC navigation

"Gugusha faqat yulduz bo‘lmoqchi, xolos"

Сўнгги янгиланиш 17 август 2012 - 13:54 GMT

Gulnora Karimova yoki Gugusha dunyodagi ko‘plab mashhur yulduzlar davralarida bo‘lib, ular bilan birga suratlarga tushadi

Independent nashrning Moskvadagi jurnalisti Shon Uolker "ajabtovur O‘zbek go‘zali" haqida yozarkan, "AQSh shaharlari bo‘ylab ulkan reklama taxtalarini bezagan va upa-elikka belangan chehra ortida aslida kim turishi eslatilmagani"niga e‘tibor qaratadi.

"Gugusha taxallusi bilan ashula aytadigan orzumand pop-qo‘shiqchining haqiqiy ismi Gulnora Karimova va u - dunyodagi eng zolim diktatorlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi" - deb ta‘kidlaydi Independent muxbiri.

Mazkur maqola G‘arbda Gugushaning "Round Run" musiqiy raqs albomi chiqarilishi manzarasida chop etilmoqda.

Jurnalistga ko‘ra, Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri O‘zbekistonni boshqarib kelayotgan Janob Karimov o‘z tanqidchilarini tiriklayin qaynayotgan suvga tashlashi aytiladi, uning xavfsizlik kuchlari 2005 yili qurolsiz namoyishchilarni o‘qqa tutgan va maktab o‘quvchilari har yili paxta dalalarida ishlashga majburlanadi.

Britaniyaning Toshkentdagi sobiq elchisidan iqtibos keltirgan Independent muxbiriga ko‘ra, shaxsan Karimova xonim o‘z oilasi boshqarayotgan korruptsiyaga daxldor va o‘z paytida pullarni halollab olish uchun Shveytsariyadagi shirkatga aloqasi bo‘lgan, degan xabarlar chiqqan. Biroq gazeta Gulnora Karimova advokatlari bu ayblovlarni doimo rad etib kelishganini ham qayd etadi.

WikiLeaks orqali oshkor bo‘lgan xabarlarga tayangan Shon Uolker "ko‘plab o‘zbeklar Karimova xonimni o‘ta ochko‘z, qudratga tashna va o‘z yo‘lida duch kelgan har qanday odamni yoki tijoratni chilparchin qiladigan" shaxs ekanini urg‘ulaydi.

Biroq Gugushaning vebsahifasi uning otasi haqida hech narsani eslatmagani, balki yulduz bo‘lish orzusidagi bir shaxsning fikrlari va suratlariga joy berilgani yoziladi.

"Ammo juda yirik reklama va ko‘z-ko‘z qilishlarga qaramay, Karimova xonimning ashulalari qanchalik tijoriy muvaffaqiyat qozonishi ma‘lum emas" - deb davom etadi Independent muxbiri - "Uning ashulalari AQSh musiqa reytinggida ilk beshlikka kirgani haqidagi O‘zbekiston matbuoti xabarlari esa uydirma ko‘rinadi".

Maqola Amazon websahifasida sotuvga qo‘yilgan Gugushaning albomi borasida o‘quvchilar qoldirgan fikrlarga ham e‘tibor qaratgan.

"Qiynoqning ajobtovur musiqiy ohanglari" - deb yozgan albomga faqat bir ochko bergan o‘quvchi - "Jazirama issiqda kuniga 12 soatlab dalada ishlaydigan yosh bolalarning ovozi shunchalik orombaxsh va Enya-esque bo‘lishini bilmagan ekanman".

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.