BBC navigation

Olma-ota yaqinida 9 jangari o‘ldirilgan

Сўнгги янгиланиш 17 август 2012 - 13:26 GMT

So‘nggi yillari Qozog‘iston qator zo‘ravonliklarga sahna bo‘lmoqda

Shu yilning 11 iyul kuni viloyatning Tausamali shaharchasida portlash yuz bergan va insoniy talofatlarga sabab bo‘lgandi.

Rasman bildirilishicha, ushbu jinoiy ish doirasida olib borilayotgan tezkor-qidiruv amaliyotlari chog‘ida "Tan" massivida joylashgan uylarning birida o‘sha portlashni amalga oshirishda gumon etilayotgan shaxslar aniqlanadi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasining rasmiy bayonotida ma‘lum qilinishicha, hibsga olish jarayonida gumondorlar o‘z ixtiyorlari bilan taslim bo‘lishdan bosh tortib, maxsus bo‘linma xodimlariga qarshi o‘t ochishadi. Natijada ulardan biri yaralanadi.

Yaqin-atrofdagi uylarda yashaydigan odamlar tezda xavfsiz joyga ko‘chiriladi va bu qurolli shaxslar yashiringan hovli qurshab olinib, ularni zararsizlantirish amaliyoti boshlanadi.

Maxsus amaliyot ortidan 9 kishining jasadi topilgani va hozir ularning shaxslarini aniqlash ustida ish olib borilayotgani aytilmoqda.

Mas‘ullarga ko‘ra, tinch aholi orasida biron talofat yo‘q. Ular tezkor-qidiruv ishlari hanuz davom etayotganini ham aytishgan.

Yaqingacha "Markaziy Osiyodagi barqaror mamlakat" deb ko‘rilgan Qozog‘iston so‘nggi yillarda qator xudkush hujumlari va portlashlarga sahna bo‘lmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.