BBC navigation

Rossiya bazasi Qirg‘izistonda yana 15 yil qoladi

Сўнгги янгиланиш 17 август 2012 - 12:26 GMT

Rossiya Markaziy Osiyodagi o‘z harbiy ishtirokini kuchaytirishga intilmoqda

Qirg‘iziston prezidenti devoni vakillariga ko‘ra, shu hafta boshida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘i Bishkek va Moskva tarafi Qirg‘izistondagi Rossiya bazasi muddatini uzaytirishga kelishganlar.

Rossiya hozirgi paytda poytaxt Bishkekdan 40 chaqirimcha uzoqlikda joylashgan Kant havo bazasi, Issiq-Ko‘ldagi torpedolarni sinash markazi, Mayli-Suudagi seysmologik stantsiya va Chuy viloyatidagi kommunikatsiya markazidan kelasi 5 yilgacha foydalanish huquqiga ega.

Ammo, ayon bo‘lishicha, Rossiya Qirg‘iziston hududidagi harbiy inshootlardan ham yana 49 yil foydalanish istagida bo‘lgan.

Qirg‘iziston tomoniga ko‘ra, Rossiya bilan qo‘shma harbiy bazalarga oid asosiy bitim birdaniga kuchga kirmaydi va buning uchun besh yilcha vaqt kerak bo‘ladi.

Qirg‘iz mulozimlari ayni masalada qat‘iy bir to‘xtamga kelinmagani, muzokaralar davom etayotganini aytishmoqda.

Rossiya Qirg‘izistonga yiliga qariyb 4.5 million AQSh dollari miqdorida ijara haqi to‘lab kelayotganini aytadi.

Shu yil boshida Rossiyaga safar qilgan Qirg‘iziston rahbari rasmiy Moskva Kantdagi harbiy baza uchun 15 million dollar qarzdor ekanini bayon qilgan va Kremlь mudofaa vazirligiga bu qarzlarini to‘lab qo‘yishni buyurgandi.

Bu talab Moskva-Bishkek munosabatlariga rahna solmay qo‘ymagan va orada Qirg‘izistonning ham Rossiyadan qarzdorligi masalasi ko‘tarilgandi.

Ammo Rossiya shu yil kuz oylariga qadar Qirg‘izistonning qariyb 500 million AQSh dollari miqdoridagi qarzining ikki yuz millionga yaqinidan voz kechishini aytmoqda.

So‘nggi yangilik AQSh tarafi Bishkek yaqinidagi "Manas" havo bazasini tark etishga hozirlik ko‘rayotgan bir pallada o‘rtaga chiqmoqda.

2014 yilda amerikaliklarning bazadan foydalanish muddatlari rasman nihoyasiga yetadi va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning urg‘ulashicha, AQSh harbiylari shundan so‘ng bazani tark etishlari shart.

Rossiya esa, birgina Qirg‘iziston bilan kifoyalanmay, Tojikistondagi bazalaridan foydalanish muddatini ham yana 49 yilga uzaytirmoqchi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.