BBC navigation

Xitoyda anti-yapon namoyishlari bo‘lib o‘tgan

Сўнгги янгиланиш 20 август 2012 - 11:12 GMT

Faollar yapon bayrog‘ini Yotsuri orolining eng baland nuqtasiga o‘rnatishgan

Sinxua Xitoy Davlat Axborot Agentligi xabar berishicha, Xitoyning qator shaharlarida Yaponiya bayrog‘ini Xitoy bilan tortishuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan orolga o‘rnatilganiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan.

Guandun viloyatining poytaxti Guanchjoudagi Yaponiya elchixonasi oldida 100 ga yaqin namoyishchilar to‘planishgan.

Shenyan, Xarbin Tsindao shaharlarida ham minglab odamlar ko‘chalarga chiqqanlar.

Ba‘zi namoyishchilar yapon restorani va mashinalariga hujum qilishgan.

Xitoyning qarshiligiga qaramasdan, yakshanba kuni ertalab yaponiyalik faollar Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollardan birining qirg‘og‘iga yetib borishgach, mamlakat bayrog‘ini ko‘tarishgan edi.

Xitoyda Dyaoyuytay, Yaponiyada Senkaku deb ataladigan bahsli orolga 150 faol ortidan yana 10 yapon millatchilari suzib borishgani aytilgan.

Yaponiyalik faollarning aytishicha, safardan maqsad Ikkinchi jahon urushi payti orol yaqinida halok bo‘lgan millatdoshlarini xotirlash bo‘lgan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlov xodimlari faollarni so‘roq qilishgan.

Ilgari ularga bahsli orolga kirishga ruxsat berilmagan edi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, faollar yapon bayrog‘ini Yotsuri orolining eng baland nuqtasiga o‘rnatishgan.

Ayni paytda arxipelagni Yaponiya nazorat qilsa ham, unga Xitoy va Tayvan davlatlari ham da‘vogar hisoblanishadi.

Shu hafta boshida xitoylik faollarning orolga borganlari yapon millatchilarining g‘azabini qo‘zg‘agan edi.

Yaponiya chegara qo‘riqchilari xitoyliklarni oroldan chiqarib yuborishgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Yaponiyadan mamlakati mustaqilligiga dahl qilmaslikni va bahsli orolga kirmaslikni so‘ragan.

Bahsli orollarga qiziqish 1999 yilda bu hududlarda gaz zahiralari topilganidan so‘ng kuchaygan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.