BBC navigation

Pokistonda shakkoklikda ayblangan yosh qizning ishi o‘rganilmoqda

Сўнгги янгиланиш 20 август 2012 - 15:33 GMT

Pokistonda shakkoklikda ayblanganlarni juda og‘ir jazo kutadi.

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy Qur‘onni yoqishga uringan 11 yoshli qizning ishi bo‘yicha tergov jarayoniga qiziqqan.

Politsiyaga ko‘ra, Daun sindromi bilan og‘rigan qiz o‘tgan haftaning oxirida Islomobodning nasroniylar yashaydigan tumanda hibsga olingan.

Politsiya shu tariqa uni g‘azablangan olomondan qutqarib qolgan.

Politsiya qizning ota-onasi xavfsizligi borasida ham choralar ko‘rishiga to‘g‘ri kelgan.

Tumandagi ko‘pchilik nasroniylar tartibsizliklar boshlangach, aybdorni jazolashni talab qilgan aholidan qo‘rqib boshqa joyga ketishgan.

Huquq himoyachilari Pokiston hukumatidan shakkoklik haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni talab qilib kelishadi.

Pokiston qonunlariga binoan Qur‘onga shakkokligi tufayli bir umrlik qamoq jazosi berilishi mumkin.

Shu bilan birga shakkoklikda ayblanganlar omma tomonidan qatl qilinishi tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Iyul oyida g‘azablangan olomon dahriylikda ayblangan aqlan ojiz kishini politsiya idorasidan chiqarib olib, yoqib yuborishgan.

O‘tgan yili milliy ozchiliklar ishi bo‘yicha vazir Shabxaz Bxatti qonunga o‘zgartirish kiritishga chaqirgani uchun o‘ldirilgan edi.

Panjob hokimi Salmon Tasirning qismati ham shu kabi kechgan.

Biroq Islomobodda ushlangan 11 yoshli qiz Qur‘on sahifasini yoqqanmi yoki uni yirtib olib yoqmoqchi bo‘lganmi, noma‘lum.

Politsiyaning so‘ziga qaraganda, ayblanuvchi berilgan savollarga tayinli javob qaytarolmagan.

"Ma‘lumotlarga binoan, aqlan nosog‘lom ayblanuvchi qo‘lidagi chiqindilar solingan yelim xaltada Qur‘on sahifalari ham bo‘lgan. Bu mahalliy aholini g‘azabga keltirgan. Lekin u buni ataylab qilmagan bo‘lishi mumkin", - deb aytgan Milliy kelishuv vaziri Pol Bxatti.

Inson haqlari faollari qizni hibsga olinishini qoralashgan. "Bu ish bolalar jinoyati bo‘yicha qonunlardan kelib chiqib o‘rganilishi kerak", - deb ta‘kidlashgan ular.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.