BBC navigation

Efiopiya Bosh vaziri Meles Zenaui vafot etgan

Сўнгги янгиланиш 21 август 2012 - 13:12 GMT

Meles Zeneau Efiopiyani 21 yil davomida boshqarib kelgan

Mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Efiopiyani 1991 yildan buyon boshqarib kelgan Meles Zenaui 57 yoshida olamdan o‘tgan.

O‘limidan oldin bosh vazirning sog‘ligi yomonligi borasida turli mish-mishlar tarqalgan.

Bunga Zenauning poytaxt Addis-Abebada bo‘lib o‘tgan Afrika ittifoqi sammitida qatnashmaganligi sabab bo‘lgan.

Meles Zenaui qanday xastalikka chalinganligi rasman aytilmagan.

Meles isyonchilar boshlig‘i sifatida kommunictlar rahbari Mengistu Xayla Mariamni qudratdan ag‘darib hukumatni egallagan edi.

Efiopiya Davlat televideniyesi mamlakatni bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Xaylemariam Desalen vaqtinchalik boshqarib turishini e‘lon qilgan.

Uch hafta oldin Efiopiya hukumat vakili BBCga bosh vazir Meles Zenauning ahvoli yaxshiligini aytgan, uning og‘ir darga chalinganligini rad qilgan edi.

Shu bilan birga bosh vazirning qayerda va nimadan davolanayotganligini ochiqlamagan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Meles Belgiyadagi kasalxonada oshqozon xastaligi bo‘yicha yotqizilgan bo‘lgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.