BBC navigation

Qirg‘iziston Parlementida aksariyatni tashkil qilgan koalitsiya tarqab ketdi

Сўнгги янгиланиш 22 август 2012 - 15:07 GMT

Qirg‘iziston Parlamentdagi aksariyatni tashkil qilgan "Birdamlik" koalitsiyasi tarkibidan "Ota Makon" va "Or-Nomus" partiyalari chiqib ketishlarini e‘lon qildilar.

Endilikda Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga muvofiq parlament yangi koalitsiyani tuzishi kerakdir va bu yangi koalitsiya o‘z navbatida Bosh Vazir nomzodini taklif etadi.

Agarda 15 ish kuni mobaynida koalitsiya tuzilmay, Bosh Vazir nomzodini taklif etishga erishilmasa, mamlakat Prezidenti erta parlament saylovlarini chaqirishga majbur bo‘ladi.

2010 yilgi saylovlar natijalariga muvofiq joriy Parlmayentga besh partiya kirgandi.

"Or Nomus" fraktsiyasi rahbari Feliks Qulovning aytishicha, koalitsiyaning tarqab ketishiga alohida xalq vakillarining amallari va bosh vazir Babanovning koalitsiyaga bergan va‘dalarini bajarmayotganligi sabab bo‘lgan.

"Ota Makon" partiyasi ham Umurbek Babanov Bosh Vazirlikka loyiq emasligi haqida bayonot chiqargan. Bayonotda aytilishicha, Babanov davrida mamlakat iqtisodi ortga qarab ketgan, korruptsiya kuchaygan.

Ayni vaqtda bosh vazir Babanovning "Respublika" partiyasi a‘zolarining o‘zlari orasida ham uning faoliyati yuzasidan kelishmovchiliklar mavjduligi aytiladi.

Tahlilchilar parlamentdagi koalitsiyaning tarqab ketishi Bosh Vazir vazifasi uchun kurash tufayli ro‘y berganligini aytmoqdalar.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va bosh vazir Umurbek Babanovlar hozircha bu borada o‘z mavqelarini ma‘lum qilmaganlar.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.