BBC navigation

Kubanda suv toshqini yuz bergan

Сўнгги янгиланиш 22 август 2012 - 13:31 GMT

Krasnodar o‘lkasining Novomixaylovsk posyolkasida ro‘y bergan yangi suv toshqini to‘rt kishining umriga zomin bo‘lgan.

Suv toshqinida uch sayyoh va mahalliy 84 yoshli qariya halok bo‘lgan.

Tuaps posyolkasi chorshanbaga o‘tar kechasi Nechepsuxo daryosining toshishi natijasida suv ostida qolgan.

Tabiiy falokat tufayli 600 hovli yakson bo‘lgan.

Suvning sathi ba‘zi joylarda 2-2,5 metrga yetgani aytilmoqda.

Mahalliy rasmiylarning ma‘lumotlariga ko‘ra, suv toshqinidan 1837 kishi aziyat chekkan.

Iyul oyida Krasnodar o‘lkasida ro‘y bergan kuchli suv toshqini 155 inson umriga zomin bo‘lgan edi.

Suv toshqinidan eng ko‘p 57 ming aholi istiqomat qiladigan Krimsk shahri zarar ko‘rgan.

Krimsk shahriga yaqin Neberjayevskoye to‘g‘onini buzmasligi uchun suv oqizilishi oqimning quyi qismidagi suv sathining keskin ko‘tarilishiga olib kelgani xabar qilingandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.