BBC navigation

Xitoy: "kimyoviy qurol" Suriya mojarosiga aralashish uchun aytilmoqda"

Сўнгги янгиланиш 22 август 2012 - 16:32 GMT

Suriyadagi vaziyat tobora murakkablashib bormoqda

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Amerika prezidenti Barak Obamanining "Suriya kimyoviy qurol ishlatilmoqchi"degan so‘zlari mamlakatga harbiy aralashuvni boshlash uchun bir bahonadir.

Oldinroq, prezident Barak Obamaning "Suriyada kimyoviy qurol ishlatilishi yoki uni boshqa joyga ko‘chirilishi masalaga Amerikaning bir tomonlama harbiy aralashuviga sabab bo‘ladi", degan tahdidi yangragan edi.

Barak Obama rasmiy Damashqni va "uning do‘stlari"ni ximiyaviy qurol ishlatishdan ogohlantirgan.

"Bu nafaqat Suriyaning ichki ishi, balki mintaqadagi bizning ittifoqchilarimiz, jumladan Isroilga ham tegishli bo‘ladi" deb aytgan janob Obama jurnalistlarga.

Amerika iddao qilishicha, Suriyada ximiyaviy qurol ishlatish mo‘ljallanmoqda.

Sinxua Davlat axborot agentligiga ko‘ra, "G‘arb davlatlari mamlakatga kirishni shu yo‘l bilan oqlamoqchi".

Agentlikning AQSh prezidenti so‘zlariga izohi rasmiy murojaat hisoblanmasa ham, Xitoy Suriyadagi tuzum o‘zgarishini insonparvarlik yordam ko‘rinishida amalga oshirmoqchi bo‘lgan G‘arbning asl maqsadidan xavotirini bildirgan.

Sinxuadagi murojaatda Obamaning so‘zlari mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga imkon qoldirmaydigan "xavfli mas‘uliyatsizlik"deya baholangan va vaziyatni Somali, Iroq va Liviyadagi kabi yanada chigallashtirishini aytgan.

Suriya hukumati ham Amerikaning bu so‘zlari Iroqdagi kabi holatga o‘xshayotganiga ishora qilgan.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakilining aytishicha, Suriya rasmiylari bilan muloqot hukumat kimyoviy qurol ishlatish niyatidan yiroqligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, vazirlik G‘arbni muxolifatni muloqotga chorlash uchun hech nima qilmayotganligini qoralagan.

Chorshanba kuni ham Damashqda janglar tinmagan.

Damashqliklar chorshanba kungi hujumlar juda og‘ir bo‘lganini aytishgan.

"Butun Damashq tanklarning gumburlashidan larzaga keldi", degan mahalliy kishilardan biri BBCga.

Inson huqulari Suriya instituti ma‘lumotlariga ko‘ra, seshanba kunigi janglarda 198 kishi halok bo‘lgan.

O‘tgan yildan buyon qurbonlarning umumiy soni 20 mingdan oshib ketgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.