BBC navigation

O‘zbekistondagi jazirama rekord darajadagi issiq deb ataldi

Сўнгги янгиланиш 22 август 2012 - 15:47 GMT

O‘zbekistonda avgust oyiga xos bo‘lmagan issiq harorat kuzatilayapti, odamlar chidash qiyin bo‘lgan jaziramadan shikoyat qilmoqdalar.

Ayrim joylarda mahalliy aholi havo harorati 50 darajadan ham oshib ketgani haqida aytmoqdalar.

Odamlar bolalarini salqin yerto‘lalarda saqlashlariga to‘g‘ri kelayotganlarini aytmoqdalar.

Toshkent viloyatilik do‘kondor ayolning aytishicha, kunduzlari havo harorati 42-50 darajagacha chiqqan.

"Odamlar faqat salqin xonalarda o‘tirib, suv ichib, cho‘milib issiqdan o‘zlarini asrayaptilar", deydi do‘kondor opa.

Odatda "Saraton chillasi" deb atalgan yozning eng issiq kunlari avgust oyining 10-sanalarigacha kuzatiladi.

O‘zbekiston Ob-havoni kuzatish markazi avgust oyining ikkinchi yarmi bu yil O‘zbekiston uchun juda issiq kelganini qayd etgan, O‘zbekiston janubi, poytaxt Toshkentda ham rekord darajadagi jazirama kuzatilganini xabar qilgan.

O‘zbekiston Gidromet markazi shu hafta oxirigacha haddan issiq havo harorati saqlanib turishini, keyin temperatura pasayishini bashorat qilgan.

Avgust oyining 23-, 24-sanalaridan havo haroratining 30-35 darajaga tushishi aytilayapti.

Jaziramalardan ayniqsa, keksalar va bolalar qiynalayotganini aytishayapti o‘zbekistonliklar.

Shifokorlar jaziramada vitaminli, yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar iste‘mol qilishni, havo harorati ko‘tarilgan paytda quyosh nuri ostida bo‘lmaslikni maslahat berishadi, bu hatto sog‘lom insonlar salomatligi uchun ham xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantiradilar.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.