BBC navigation

Qirg‘izistonda hukumat va parlament kaolitsiyasi tarqab ketgani oqibati qanday bo‘ladi?

Сўнгги янгиланиш 24 август 2012 - 15:16 GMT

Qirg‘iziston Prezidenti hukumat iste‘fosi haqidagi farmonga imzo chekdi.

Bosh vazir Umumrbek Babanov rahbarligi ostidagi hukumat parlamentdagi aksariyat kaolitsiya tomonidan tuzilgandi va bu kaolitsiya 22 avgust kuni tarqab ketgan.

Endilikda yangi hukumat tashkil etilgunga qadar Bosh Vazir va uning o‘rinbosari vaqtincha vazifalarini davom ettirib turishlar kerakdir.

Parlamentda 50 foizdan ko‘proq o‘rinlarni egallagan yangi kaolitsiya tuzish uchun konstitutsiyaga muvofiq 15 kun belgilangan.

Qirg‘iziston siyosiy hayotini oxirgi yillarda tez-tez chulg‘ab turuvchi talo-to‘plar manzarasida bu galgi hukumatning tarqab ketishi ne qadar ahamiyatli hodisa va oqibatlari mamlakat uchun qanday bo‘lishi mumkin?

Siyosiy tahlilchi Mars Sariyevga ko‘ra, bu Qirg‘iziston siyosiy hayotidagi anchayin ahamiyatli hodisa va burilish nuqtasidir.

Mars Sariyev: Parlament kaolitsiyasining tarqab ketishi boshqaruvning eski tizimi ishlamayotganaligidan dalolat beradi. Bu tizim siyosiy qudratni klanlar va guruhlar o‘rtasida o‘zlarining siyosiy ta‘sirlariga proportsional ravishda o‘zaro bo‘lishib olishga asoslangandi. Fikrimcha, mana shu holat o‘tmishga sho‘ng‘imoqda va guruhlar o‘rtasidagi muvozant o‘zgardi. Prezident Atambayevning o‘ngida hozirda shunday tanlov turibdi, yo bu tizimni buzib tashlab siyosiy boshqaruvga novatorlarni olib kelish, yoda eski tizimning saqlanib qolishiga yo‘l qo‘yib berish. Lekin bu holda kelgusi oylarda joriy Prezident uchun xatarli vaziyat kelib chiqishi mumkindir.

BBC: Siz buni burilish nuqtasi va boshqaruv tizimining o‘zgarishi ehtimoli sifatida ko‘rmoqdasiz, lekin Qirg‘iziston siyosiy hayotida oxirgi vaqtlarda bu kabi burilish nuqtalari ko‘p bo‘ldi, lekin ko‘p narsa o‘zgargani yo‘q, natija siz aytayotgandek bo‘lamadi?

Mars Sariyev: Men buni ehtimoli paydo bo‘lgan vaziyat, deb atagan bo‘lardim. Lekin prezident Atambayev bu ehtimoldan foydalana oladimi, buning uchun unda potetsial yetarlimi - savol ana shunda. Uning siyosiy kapitali hozirda ancha yaxshi, Rossiya tomonidan qo‘llovi bor, yarim milliardga teng qarzlardan kechilgan, GESlar bo‘yicha loyihalar, Qo‘zog‘iston Prezidenti safari natijasida bug‘doy ta‘minoti bo‘yicha ijobiy va‘dalar - bularning hammasi yaxshi siyosiy asos bermoqda. Hozirda Qirg‘izistonda boshqaruvda bo‘lgan sobiq ittifoq davridagi xo‘jalik rahbarlari faoliyati esa mamlakatda klanlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmoqda. Ana shu holatni o‘zgartirish kerak. Menimcha Babanov buni tushunadi, lekin u joriy manzarani o‘zgartara oladimi, yangicha qarashdagi rahbarni keltira oladimi, bu ham ochiq qolayotgan savol. Bizda hozirda rahbar xodimlar asosan biznes sohasidan olinmoqda, chunki boshqaruv xodimlarini tayyorlash bilan hech kim shug‘ullanmagan. Mamlakat elitasi bu bilan qiziqmagandi, ularga bu kerak emasdi. Shuning uchun biznes sohasidan rahbarlarni olishga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda hech qursa rejalash qobiliyati bor, bir ma‘noda muvaffaqiyatli shaxslar. Lekin klanlar aro raqobat hozirgi kabi vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda prezident Atambayev buning hammasini buzishi mumkin, yoda yana kazo doirlari bilan kelishuvga borib, Bosh Vazir va parlament raisi kabi vazifalarni bo‘lishib berishi mumkin. Bu esa yana eski toz, eski tog‘ora vaziyati bo‘ladi.

BBC: Demak siz aytgan omillar nazarda tutilsa, vaziyatning o‘zgarishiga umid kam demak, shundaymi?

Mars Sariyev: Ha umid kam, lekin baribir buning ehtimoli bor. Chunki bunday bo‘lmasa yana klanlar manfatidan kelib chiqib, resurslarni bo‘lishib olish boshlanadi, bahor oylariga borib esa haqiqiy inqiroz ro‘y berishi mumkin. Hozirda Qirg‘izistonda oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar juda oshib ketgan, g‘alla bilan ahvol achinarli. Un va non yetishmovchiligi yuz berishi deyarli muqarrar, bu esa aholining katta qismi orasida ochlik bilan barobar holatni keltirib chiqaradi. Yem yetishmasligi tufayli chorvani so‘yishlariga to‘g‘ri keladi. Biron sifatli o‘zgarish ro‘y bermasa bahor oylariga borib o‘ta dahshatli vaziyat yuz berishi mumkin, Atambayev buni yaxshi tushunadi menimcha.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.