BBC navigation

Nyu-Yorkda halokatli otishma: Qurbon ham bor...

Сўнгги янгиланиш 24 август 2012 - 15:52 GMT

Hozircha yuz bergan hodisa sababi noma‘lum...

Amerikaning Nyu-York shahridagi Empayr-steyt-bilding yaqinida yuz bergan otishmada bir necha kishi yaralangan.

Ularni o‘qqa tutgan shaxsning o‘zi doxil ikki kishi halok bo‘lgan.

Hujumchini politsiya otib o‘ldirgan.

Xabarlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 ga yaqin yuz bergan.

"Assoshieyted press" axborot agentligining shohidlarga tayanib ma‘lum qilishicha, ko‘chada bir erkak kishining tartibsiz o‘q ochishi natijasida 8 kishi yaralangan.

Ularning ahvollari, Beshinchi avenyu va 34-ko‘cha kesishgan joyda kelib chiqqan otishma sababi ma‘lum emas.

Mahalliy politsiya yuz bergan voqea terrorchilik amali emas, degan fikrda.

Ularga ko‘ra, binodagi do‘konlardan birining yaqinda ishdan bo‘shatilgan xodimi sobiq hamkasbini otib o‘ldirgan.

Hozir voqea sathiga katta sondagi politsiya xodimlari safarbar etilishgan.

Shaharning yirik naqliyot tomiri bo‘lgan Beshinchi avenyu 42-ko‘chadan boshlab yopib qo‘yilgani aytilmoqda.

102-qavatli Empayr-steyt-bilding Nyu-York shahrining eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.

Binoning uzunligi 442 metrga yetadi.

Har yili uni tomosha qilish uchun Nyu-York shahriga to‘rt millionga yaqin sayyoh keladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.