BBC navigation

Afg‘onistonda Qur‘onni yoqqan amerikalik askarlar jazolanadi

Сўнгги янгиланиш 28 август 2012 - 13:07 GMT

Afg‘onlar Qur‘on nusxalarini yoqqan askarlarga qattiq jazo berilishini talab qilishgan edi

Afg‘onistonning Bagrom bazasida Qur‘on nusxalari va diniy kitoblarni yoqqan 6 Amerika harbiylariga, shuningdek, afg‘on toliblarining jasadini tahqirlagan uch askarlarga ham axloq tuzatish choralari qo‘llaniladi.

AQSh qurolli kuchlari hisobotiga ko‘ra, harbiylarning harakatida Islomga nisbatan hurmatsizlik bo‘lmagani bois, ularga nisbatan jinoiy jazo berilmaydi.

Shuningdek, afg‘on toliblarining jasadlarini tahqirlagan amerikalik askarlarga ham axloqiy choralar ko‘riladi.

Internetda Amerika askarlarining Toliblar jasadlari ustidan peshob qilayotganliklari tushirilgan video paydo bo‘lgach, AQSh va Afg‘oniston rasmiylari askarlarining bu amallarini qoralab chiqqandilar.

AQSh Dengiz Kuchlari rahbariyati tekshiruv boshlanganligini ma‘lum qilgandilar.

Toliblar ham ushbu amalni qoralab, ammo siyosiy jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatmasligini bildirganlar.

Aytilishicha, bu ishni tekshirish va surishtiruv ishlari nihoyasiga yetgan va unga qo‘l urgan askarlarga ham xayfsan va maoshdan qirqish kabi ma‘muriy jazolar qo‘llaniladi.

Fevral oyida Qur‘on nusxalarining yoqilishi ommaviy tartibsizliklarga va NATOning Afg‘onistondagi bazasiga hujum qilinishiga sabab bo‘lgan edi.

Afg‘onistondagi Amerika nazorati ostida bo‘lgan "Bagrom" bazasida "Qur‘oni Karim"ning yoqilishi butun mamlakat bo‘ylab bir necha kunlik zo‘ravon namoyishlarga va NATOning Afg‘onistondagi bazasiga hujum qilinishiga sabab bo‘lgan edi.

Buning oqibatida o‘ttizdan ortiq kishi, jumladan ikki amerika askari ham qurbon bo‘lgan va o‘nlab kishilarga tan jarohati yetgandi.

Afg‘oniston hukumati Assoshieyted Press agentligiga chiqarilgan hukmga nisbatan munosabatini seshanba kuni bildirishini ma‘lum qilgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.