BBC navigation

Buxoro: Fermerlarni noqonuniy jazolashmoqchi

Сўнгги янгиланиш 29 август 2012 - 15:36 GMT

O‘zbekistonda fermerlar nima ekish, hosilni kimga yig‘dirish va uni qanchadan sotish borasida ham davlat yo‘rig‘idan chetga chiqa olishmaydi

"Mahalliy hokimiyat vakillari chaqirgan majlisga bormagan biz 8 nafar fermerni ma‘muriy jazoga tortishmoqchi" - deydi Buxoroning Jondor tumanidan fermer va "Ezgulik" tashkiloti vakili Bobomuroda Razzoqov - "Aslida bizga qo‘yilayotgan 198-modda (Hokimiyat vakilining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik) haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi".

"Ezgulik" vakiliga ko‘ra, militsiya xodimlari kelib, hokimiyat vakillari shikoyati ortidan ularning ustidan ma‘muriy jazo uchun ish ochilgani haqida aytishgan.

O‘zbekistonda fermerlarning hokimiyat majlisiga borishi qonunan majburiy emas, biroq dehqonlar bu mamlakatda har doim ham qonunlarga mos ish tutilmasligini aytishadi.

Ayni majlislarda, odatda, hokimiyat vakillari fermerlarga qanday ishlash va nima qilishni buyurishadi.

Leki ko‘plab fermerlar bundayin munosabatlar aslida noto‘g‘ri ekanligini, ularning hokimiyat bilan rishtalari qonunga binoan teng hamkorlikka asoslanishi kerakligini aytishadi.

"Bizning davlat bilan munosabatlarimiz faqat soliq to‘lash orqali amalga oshiriladi" - deydi faol va fermer Bobomurod Razzoqov - "Ammo hokimiyat vakillari hozir biz oladigan kredit pullarini qanday va qayoqqa sarflashni ham nazorat qilmoqdalar".

O‘zbekistonda fermerlar faoliyati qattiq nazorat ostida va ko‘pchilik o‘z bilganicha biron ekin ekolmaydi. Hukumat ularni, asosan, paxta va g‘alla kabi strategik mahsulotlarni ekishga majburlaydi.

Buning ustiga, olingan hosilni ham arzon-garovga, davlat belgilagan narxda yana davlatga sotishlari kerak.

Ayrim o‘zbek fermerlari esa o‘z zararlariga ishlashgani bois fermerlikni tashlashgani, endilikda esa shaxsiy tomorqada issiqxona ochib, ko‘proq foyda ko‘rishayotgani haqida aytishadi.

Meva-sabzavot ekadigan fermerlar ham o‘z mahsulotlarini Rossiya va Qozog‘istonga olib borish sotish yo‘lida turli qiyinchiliklar mavjudligidan shikoyatdalar.

Hozir, masalan, Qozog‘iston fermerlari o‘zbek dehqonlari tajribasidan foydalanib, an‘anaviy Mirzacho‘l qovunlarini yetishtirib, Rossiya va hatto Olmoniya bozorlariga ham olib chiqib, sotishmoqda.

Ko‘plab qozoq fermerlari yer ortidan boyishayotgani haqida aytishadi. Aksar o‘zbek fermerlari esa yil bo‘yi ishlab topgan pullariga "bir amallab qora qozonlari qaynaayotganini" bildiradilar.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.