BBC navigation

O‘zbekiston oliygohlari o‘qituvchilarni paxta terimiga safarbar etadi

Сўнгги янгиланиш 31 август 2012 - 16:13 GMT

Tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston paxtaga ommaviy safarbar etish siyosatidan yaqin yillarda voz kechmaydi.

O‘zbekistonda mustaqillik bayramidan keyin barcha oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari va murabbiylarini paxta yig‘im-terimiga safarbar etish tadbiri boshlangan.

Toshkentdagi manbalarning BBCga ma‘lum qilishlaricha, barcha oliy o‘quv yurtlariga muayyan sonda "hasharchi" bilan ta‘minlash to‘g‘risida "ichki" buyruq chiqarilgan.

Jumladan, Toshkent Tibbiyot Oliygoxi ma‘muriyati homilador va ko‘p bolali ayollar doxil yosh mutaxasislar va murabbiylardan iborat 400 nafarli guruhning 2-sentyabrdan boshlab kamida bir oy davomida Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga paxta terimiga yuborilishi haqida ma‘lum qilgan.

Aspirant va o‘qituvchilarning paxtaga ommaviy jalb etilishi bolalar mehnatidan voz kechish siyosati bilan izohlangan.

Paxta yig‘im-terimi paytida yetarli ishchi kuchining yo‘qligi fermer xo‘jaliklari yetishtirgan paxtaning davlat tomonidan arzon narxda sotib olinishi oqibatida yuzaga kelgan.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonni majburiy mehnatdan foydalanishda ayblab keladi.

Paxta mahsulotlariga ixtisoslashgan ko‘plab xalqaro shirkatlar O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtani sotib olmasliklarini e‘lon qilganlar.

Biroq, Toshkentdan huquqbon Abdurahmon Tashanov majburiy mehnatdan foydalanish siyosati O‘zbekistonda hali-beri bekor qilinmasligini aytadi.

BBC bu borada Abdurahmon Tashanov bilan suhbatlashdi:

Ўзбекистон олийгоҳлари ўқитувчиларни пахта теримига сафарбар этади

Ўзбекистонда мустақиллик байрамидан кейин барча олий ўқув юртларининг юқори курс талабалари ва мураббийларини пахта йиғим-теримига сафарбар этиш тадбири бошланган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.