BBC navigation

Pokiston: AQSh konsuli mashinasiga bomba hujumida kamida 3 kishi halok bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 3 сентябр 2012 - 13:31 GMT

BBC muxbiri Olim Maqbul: "Jangarilar haliyam istagan joylarida hujum qilish qudratiga egalar".

Pokiston shimol-g‘arbidagi Peshovar shahrida intihoriy bomba hujumchisining AQSh konsulligiga qarashli mashinani nishonga olishi natijasida kamida uch inson halok bo‘lgan.

Qo‘shma Shttatlar rasmiylariga ko‘ra, AQSh konsulligidan hech kim halok bo‘lgani yo‘q, biroq konsullikning ikki amerikalik va ikki pokistonlik xodimi jarohat olgan.

Avvalroq Pokiston Axborot vazirligi ikki Amerika fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgandi.

Portlovchi modda bilan to‘ldirilgan mashinaning borib AQSh elchiligiga qarashli mashinaga urilishi oqibatida chiqqan portlashda kamida 19 inson jarohat olgan.

Xudkush hujumchi haydagan mashinada 110 kilogramga yaqin portlovchi modda bo‘lgan, deb aytgan politsiya zobiti Abdul Haq Assoshieyted-press agentiligiga.

Unga ko‘ra, portlash yuz bergan joyda katta chuqurlik paydo bo‘lgan.

Peshovar yashovchisi Irfon Xon Assoshieyted-press agentligiga portlash ro‘y bergan paytda do‘kon ichkarisida bo‘lganini aytadi.

"Portlash ovozidan cho‘chib ketdim. Portlash sahni chang va tutunga belangandi", - deb aytadi Irfon Xon. - "Men boshqalar bilan birga portlash joyiga qarab yugurdim va ikkita vayron bo‘lgan mashinani ko‘rdim, yana bitta katta mashina yonib yotardi".

Peshovar shahri Afg‘oniston bilan chegaradosh qabila hududlariga yaqin joylashgan.

Tolibon va al-Qoida jangarilari ushbu hududda faol va shaharda bomba hujumlari tez-tez yuz berib turadi.

Dushanba kungi hujumda intihoriy bombachi doxil kamida uch kishi halok bo‘lgan, deb aytgan politsiya.

Hozirgacha hech bir guruh hujum mas‘uliyatini o‘z zimmasiga olmagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.