BBC navigation

Pokistonda masjid imomi Qur‘onni yoqishda gumonlanmoqda

Сўнгги янгиланиш 3 сентябр 2012 - 12:02 GMT

Pokistondagi nasroniylar shakkoklikda ayblangan Rimsha himoyasiga chiqqanlar

Pokistonda politsiya bir masjid imomini nasroniy qiz sumkasiga yoqib yuborilgan Qur‘on sahifalarini solib qo‘yishda ayblab, hibsga olgan.

Rimsha ismli nasroniy qiziga ikki hafta muqaddam Qur‘oni Karimni yoqishga urinish ayblovi qo‘yilgan edi.

G‘azablangan olomon esa shakkokligi uchun uni jazolashni talab qilib kelayotgandi.

Ammo bir guvoh mahkamaga "imom Xolid Chishtiyning qizaloq sumkasiga yoqilgan Qur‘on sahifalarini qo‘yayotganini ko‘rdim", deb aytgan.

Rimsha yoshi 14ga yaqinlashgan, ammo tibbiy tashxisga ko‘ra, u aqliy jihatdan o‘sishda orqada qolgan.

Shu hafta boshida mahkama Rimshaning qamoqda qolish muddatini yana ikki haftaga uzaytirdi.

Unga nisbatan jinoiy ishning ochilishi dunyo hamjamiyati e‘tirozlarini uyg‘otgan.

Otasi Rimsha hayoti va o‘z oilasi xavfsizligidan xavotirda ekanini aytgan va Pokiston prezidentidan uni avf etishni so‘ragan.

Rimsha oilasi bilan bir mahallada yashovchi ko‘plab nasroniylar tartibsizliklar boshlangach, aybdorni jazolashni talab qilgan aholidan qo‘rqib boshqa joyga ketishgan.

Tahdidlar tufayli Rimsha oilasi politsiya himoyasiga olingan.

Muxbirlarga ko‘ra, Pokiston qonunlari shakkoklik uchun og‘ir jazolarni tayinlaydi.

O‘tgan yili shakkoklik haqidagi qonunlarni o‘zgartirishni talab qilgan ikki taniqli siyosatchi halok etilgan edi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.