BBC navigation

Amerikadagi ilk o‘zbek gazetasi muharririga savol bering

Сўнгги янгиланиш 3 сентябр 2012 - 13:41 GMT

Vatandosh gazetasi Nyu-Yorkda bir oyda bir marta 5 ming nuxsada tarqatiladi

BBC mehmoni - Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir yarim yildan buyon nashr etilayotgan birinchi o‘zbekcha gazeta - "Vatandosh" muharriri Farhod Sulton.

"Vatandosh" gazetasi va бу ерга босинг vatandosh.com web sahifasi muharririga savollaringizni sahifamiz ostidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

"Vatandosh" gazetasi til, millat va Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan AQShdagi bir necha ziyoli o‘zbek yoshlari tashabbusi bilan 2011-yil boshida tashkil etildi. Ushbu nashr xorijda o‘z tili, millati va dinini unutib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun vatanga bog‘liqliklarini ta‘minlovchi, til va milliy urf-odatlarni o‘rganishda yordamchi hamda tashna ko‘ngillarga ma‘naviy ozuqa bo‘ladi, deb umid qilamiz, - deydi Farhod Sulton.

Farhod Sultonning aytishicha, gazeta hozirda Nyu-York shahrida yashayotgan o‘zbeklarga oyiga bir marta 5000 nusxada tarqatilmoqda.

U ayni nomdagi web sahifaga bir yil ichida dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan 300 mingdan ziyod o‘quvchi kirganini aytadi.

Farhod Sulton O‘zbekistonning Bo‘ka shahrida tug‘ilgan.

Jahon Tillari Universiteti ingliz tili bo‘limi va Toshkent Islom Universiteti fiqh bo‘limlarida ta‘lim olgan.

Uch yil davomida Islom Universiteti Litseyida arab tilidan dars bergan, Islom Universiteti qoshidagi "Ziyo" studiyasida ishlagan.

Farhod Sulton shuningdek O‘zbekistonga oid bu yerga bosing uztimes.com nomli ingliz tilida web sahifa ham ochgan.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba va yakshanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.