BBC navigation

Mavritaniya Libiya josuslik xizmatining sobiq rahbarini ekstraditsiya qildi

Сўнгги янгиланиш 5 сентябр 2012 - 10:53 GMT

Abdulloh al-Senussiy polkovnik Qaddofiy hukumat ag‘darilishi ortidan Liviyadan qochib chiqqandi

Mavritaniya Libiya josuslik xizmatining sobiq rahbari Abdulloh al-Senussiyni Liviya hukumati ixtiyoriga topshirdi, deya xabar beradi Mavritaniya davlat matbuoti.

Liviya janob Senussiyni polkovnik Qaddofiyning o‘ng qo‘li bo‘lgan davrida sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish niyatida.

Shu boshida, Mavritaniya prezidenti Muhammad Abdul Aziz janob Senussiy eng avvalo Mavritaniyaga noqonuniy kirgani uchun so‘roq qilinishini aytgandi.

Abdulloh al-Senussiy o‘tgan yil Muammar Qaddofiy hukumati ag‘darilishi ortidan Liviyadan chiqib ketgandi.

U shuningdek Fransa va Xalqaro Jinoyat Mahkamasi tomonidan qidirilayotgan edi.

Uning ekstraditsiya etilgani haqidagi xabar Mavritaniya davlat televideniyesi va axborot agentligi tomonidan tarqatilgan.

"Mavritaniya hukumati Liviyaning sobiq istixoborot rahbari Abdulloh al-Senussiyni topshirdi", deya xabar bergan Mavritaniya televideniyesi.

Frans-press axborot agentligi xabariga ko‘ra, Maritaniya hukumati mulozimi ushbu xabarni tasdiqlagan.

Xabarlarga ko‘ra, janob Senussiy Liviya Adliya vaziri boshchiligidagi hukumat hay‘atiga topshirilgan.

Ayni damda uning qayerda ekani ma‘lum emas.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.