BBC navigation

Uyqu bilan bog‘liq muammolar xotira yo‘qolishining dastlabki belgisimi?

Сўнгги янгиланиш 6 сентябр 2012 - 15:49 GMT

Miyaning asosiy hujayralari faoliyati buzilganligi kasallikning oxirgi bosqichlaridagina aniq bo‘lishi sababli Altsgeymer bedavo dardga aylangan

Altsgeymer xastaligi belgilari kasallikning oxirgi bosqichlaridagina aniq bo‘lishi uni bedavo dardga aylantirib qo‘ygan.

Altsgeymerning birinchi ko‘rinishlarini aniqlash ko‘p insonlarni fojeali taqdirdan asrashi mumkin, deyishmoqda tadqiqotchilar.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar Altsgeymer xastaligini bildiruvchi belgilardan biri bo‘lishi mumkin.

Sichqonlarda o‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlar odamlarda ham sinab ko‘rilgach, bu savolga javob birqadar aniq bo‘ladi.

Miyada oqsilning quyuqlashuvi, ya‘ni trombotsitlar xotira yo‘qolishining eng ko‘p tarqalgan turlaridan bo‘lgan Altsgeymerning sabablaridan, deya qaraladi.

Science Translational Magazine jurnalining yozishicha, sichqon miyasida birinchi trombotsitlarning paydo bo‘la boshlashi bilan uyqu buzilishi kuzatilgan.

Britaniyaning Altsgeymerga duchor bo‘lganlarga ko‘mak tashkilotiga ko‘ra, inson miyasida ham o‘tqazilgan tadqiqot natijalari ma‘lum bo‘lgach, xotira yo‘qolishini ancha oldin aniqlasa bo‘ladi.

Fikrlash va xotiraning boy berilgani, miyaning asosiy hujayralari faoliyatining buzilganligi kasallikning oxirgi bosqichlaridagina yuzaga chiqishi sababli Altsgeymer eng murakkab, ayanchli xastaliklardan sanaladi.

Olimlarning asosiy maqsadi ayni kasallikni dastlabki bosqichlarida aniqlashga erishish bo‘lmoqda.

Ayni paytda quyuqlashgan beta-amiloidning miyaning yuza qismini qoplab borishi sabablari o‘rganilmoqda.

Beta-amiloid oqsilining sichqonlarda ham insonlarda ham bir kecha-kunduzda kamayib-ko‘paygani kuzatilgan.

Lekin Altsgeymer kasalligida oqsilning doimiy ravishda faqat quyuqlashib borishi sodir bo‘ladi.

Vashington universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sichqon kunduzi har soatda 40 daqiqa uxlar ekan.

Biroq, miyada oqsillarning quyuqlasha boshlashi bilan bu ko‘rsatkich har soatda 30 daqiqaga kamaygan.

Lekin sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar har doim ham insonlarga to‘g‘ri kelmasligi kuzatilgan.

Shuningdek, uyquning sifatiga boshqa ko‘p sabablar ham ta‘sir qilishi mumkin.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar va Altsgeymer yoki xotira yo‘qolishi orasida qanchalik bog‘liqlik borligini olimlarning keyingi tadqiqotlari ko‘rsatadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.