BBC navigation

Dushanbedagi bozorda yirik yong‘in yuz bergan

Сўнгги янгиланиш 6 сентябр 2012 - 10:36 GMT

Yong‘inga elektr vositalarining nosozligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda

BBC Fors hizmati xabar berishicha, Tojikiston markazidagi bozorda chorshanba kuni kechqurun kelib chiqqan yong‘in natijasida uch kishi halok bo‘lgan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, yonayotgan buyumlarni asrab qolishga uringan kishilarning o‘zi yong‘in qurboniga aylanishgan.

Kamida o‘n kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Guvohlarga ko‘ra, yong‘in bir vaqtning o‘zida bozorning bir necha joyida boshlangan.

Odamlar olovni o‘chirishga urinishgan. Yong‘in bozorning katta qismiga yoyilgach, yong‘innni o‘chirish xizmati chaqirilgan.

Muxbirlarimizga ko‘ra, yong‘inni oradan besh soat o‘tgach o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan, bozorning katta qismi yonib bitgan.

Huquqni himoya qilish xodimlari yong‘in sabablarini o‘rganmoqdalar.

Voqea guvohlarining aytishicha, yong‘in bozorning turli joyida bir vaqtning o‘zida boshlangani bozorga atayin o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlarni uyg‘otgan.

Xabarlarga ko‘ra, payshanba kuni ertalab Dushanbedagi bozor ma‘muriyati yoniga hodisaning sabablarini tushuntirishni talab qilib yuzlab odamlar yig‘ilgan.

G‘azabga mingan olomon bozor ma‘muriyatidan zararni qoplashni talab qilayotgani aytilmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.