BBC navigation

Bill Klinton Obamaning yana prezident bo‘lishi tarafdori

Сўнгги янгиланиш 6 сентябр 2012 - 10:26 GMT

Bill Klinton Obama Amerikani inqirozga tushib qolishdan asray oldi, deb aytgan

Demokratik partiyaning qurultoyida so‘zga chiqqan Amerikaning sobiq prezidenti Bill Klinton Obama olib borayotgan siyosatni yoqlab, respublikachilar yo‘l qo‘ygan xatolarni qattiq tanqid qilgan.

Janob Klintonning aytishicha, prezident Obama Amerika iqtisodini inqirozga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymagan. "U hanuz respublikachilarning xatolarini, ular o‘ziga qoldirgan barcha tartibsizliklarni tuzatishiga to‘g‘ri kelmoqda", - deb aytgan Klinton Obama haqida.

Bill Klinton o‘z nutqi so‘nggida Obama nomzodini prezidentlik uchun ikkinchi muddatga rasman tavsiya qilgan.

Bundan oldin AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton ham Obama nomzodini quvvatlagan edi.

Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahri saylovchilari tomonidan Obama nomzodi prezidentlikka ilgari suriladi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Bill Klintonning chiqishi ikki prezident orasida munosabatlarning rivojlanayotganini ko‘rsatadi va oq tanli saylovchilar orasida Obama obro‘sini oshirishga yordam beradi.

Janob Klinton jurnalistlarga bergan intervyusida ham Obamaning eng qiyin savollar borasida lozim yo‘lni topa olgani, vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilganini aytgan.

Qurultoyda so‘zga chiqqan prezidentning rafiqasi Mishel xonim ham o‘z nutqida "Obama ishonsa bo‘ladigan odamligini, prezidentlik erining eng yaxshi qirralarini ochib berganini aytib", saylovchilarni Barak Obama nomzodini yoqlashga chaqirgan edi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Mishel Obamaning hayajonga to‘la nutqi saylovchilarga o‘zining yaxshi ta‘sirini o‘tqazishi mumkin.

Demokratik partiyaning Sharlotta shahridagi qurultoyi bugun nihoyasiga yetadi.

Saylovoldi uchrashuvlar prezidentlikka nomzodlarning bir-biridan yaqqol ustunligi bo‘lmagan shtatlarda o‘tkazib boriladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.