BBC navigation

Endi pokistonlik imom shakkoklikda ayblanmoqda

Сўнгги янгиланиш 7 сентябр 2012 - 17:33 GMT

Энди покистонлик имом шаккокликда айбланмоқда

Покистон маҳкамаси шаккокликда айбланган 14 ёшли қизни гаров эвазига озодликка чиқарган.

Томоша қилишmp4

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Pokiston mahkamasi shakkoklikda ayblangan 14 yoshli qizni garov evaziga ozodlikka chiqargan.

Hakam Muhammad A‘zam Xon qizni 10,500 dollar evaziga ozod qilinganini aytgan.

BBC muxbirining aytishicha, bu Pokistonda shakkoklikda ayblangan kishining garov evaziga birinchi marta ozod qilinishi hisoblanadi.

Ikki hafta oldin politsiya nasroniy diniga mansub qizni Qur‘on sahifalarini yoqqanlikda gumon bilan hibsga olgan edi.

Mahalliy aholining aytishicha, Islomobod chekkasida yashovchi Rimsha Masih to‘rvasida muqaddas Qur‘onning yirtilgan sahifalari bo‘lgan.

Mahalliy imom Xolid Chishtiyning o‘rinbosari "qizchaning xaltasiga imom Xolid yoqilgan Qur‘on sahifalarini qo‘yayotganini ko‘rdim", deb aytganidan so‘ng voqea boshqacha tus olgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.