BBC navigation

O‘rinboy Usmon nufuzli Helman-Hammet mukofotiga sazovor topilgan

Сўнгги янгиланиш 10 сентябр 2012 - 16:32 GMT

Tojikiston huquq-tartibot organlari mahkamaga tortgan BBC muxbiri, taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘rinboy Usmon xalqaro Human Rights Watch tashkilotining Helman-Hammet mukofotiga munosib topilgan.

Helman-Hammet mukofoti jahon bo‘ylab o‘zining ijodiy faoliyati ortidan ta‘qibga uchragan adiblarga taqdim etiladi.

Ushbu nufuzli mukofot amerikalik taniqli dramaturg Lillian Helman va nosir Dashiel Hammet nomlari bilan atalgan.

Ikki ijodkor Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1950 yillarda aksilsho‘ro kampaniyalari boshlangan paytda so‘roqlarga tutilganlar, o‘zlarining siyosiy qarashlari va e‘tiqodlari borasida AQSh Kongressi savol-javoblariga chaqirilgan edilar.

Lillian Helman istagiga ko‘ra, jahondagi o‘z siyosiy qarashlari ifoda etganlari ortidan ta‘qibga uchragan yozuvchi-shoir va jurnalistlarni 1989 yildan Helman-Hammet mukofoti bilan taqdirlash boshlangan.

Helman-Hammet ta‘sis etilganidan buyon dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan bo‘lgan 700 dan ziyod qalam sohibi ushbu mukofotga sazovor bo‘lganlar.

BBC muxbiri O‘rinboy Usmon 2011 yilning 13 iyun kuni Tojikistonda faoliyati taqiqlangan "Hizbut Tahrir" diniy tashkilotiga a‘zolik aybi bilan hibsga olingandi.

Ammo mazkur ayblar o‘z isbotini topmagach, ushbu firqaga aloqadorlik aybi bilan mahkamaga tortildi.

Uning hibsga olinishi xalqaro miqyosda keskin qoralandi.

BBC korporatsiyasi o‘z xodimiga qo‘yilgan ayblovlarning mutlaqo asossiz ekanini urg‘uladi.

Dastlabki tergov chog‘ida O‘rinboy Usmon qiynoqqa tutilgani ayon bo‘ldi.

2011 yil oktyabrida Xo‘janddagi mahkamada BBC muxbirining aybsizligi isbotlangan.

Butun mahkama jarayoni O‘rinboy Usmonning begunohligini yaqqol ko‘rsatgan, buni ishtirokchilar ham va hatto bir ma‘noda xavfsizlik xodimi - Xurshid Dosov ham hibsga olishda bizdan xato o‘tgan qabilida e‘tirof etgan.

Himoyachi Fayziniso Vohidova ayblov tomonining o‘z mijoziga nisbatan ilgari surayotgan barcha ayblovlarini birma-bir rad etgan.

Bundan roppa-rosa bir yil oldin O‘rinboy Usmon Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamda Tojikistondagi "Media Alyans" tashkilotlari birgalikda ta‘sis etgan "Jurnalistikada ustivor mavqei" uchun deb nomlangan mukofoti bilan taqdirlangan edi.

60 yoshli O‘rinboy Usmonning nasriy asarlari to‘plangan "Spitamen qotili", "Ko‘rgilik", "Sinchli uy" va "Anqoning urug‘i" kitoblari nashr etilgan.

Adib "Osmondan tushgan odam", "Qari qiz" va "Muqaddas" dramalarining ham muallifidir.

O‘rinboy Usmon qator rus, bulg‘or adabiyoti asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, u oxirgi yillarda asosan tojik adabiyoti namunalarini o‘zbekchalashtirmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.