BBC navigation

Afg‘onistonda avtohalokat 50 insonning umriga zomin bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 14 сентябр 2012 - 11:52 GMT

Afg‘oniston rasmiylarining ma‘lum qilishlaricha, mamlakat sharqidagi G‘azni viloyatida yo‘lovchi avtobusining yoqilg‘i tankeri bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 50 inson nobud bo‘lgan.

To‘qnashuv ortidan ikki avtomashina ham yong‘in ichida qolgan va xabarlarda jabrlanganlarning jasadlari tanib bo‘lmas darajada kuyib ketgani aytiladi.

Hodisa Kobul-Qandahor shoh yo‘li joylashgan Abband tumanida yuz bergan.

Halokatni keltirib chiqargan sabablar aniq emas, ammo Afg‘onistonda bu kabi yo‘l hodisalari ko‘p sodir bo‘ladi.

Ko‘plab avtohalokatlarda yo‘llarning abgor ekani, avtomobillardan texnik nosoz holatda foydalanish va haydovchilarning qoidalarga amal qilmasliklari sabab ko‘riladi.

"Ayrim jasadlar tanib bo‘lmas darajaga kelgan", deydi viloyat politsiya xizmati boshlig‘i Zaravar Zohid.

Unga ko‘ra, hozirda politsiya xodimlari va askarlar nobud bo‘lganlarni halokat joyidan olib chiqishmoqda.

Ammo, yoqilg‘i tankerining kimga tegishli ekani noma‘lum qolmoqda. G‘azni viloyati NATO qo‘shinlariga ta‘minot yetkazish yo‘lida joylashgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.