BBC navigation

O‘zbekistonlik olimlar "yangi paxta terish mashinasini ixtiro qilishgan"

Сўнгги янгиланиш 14 сентябр 2012 - 15:47 GMT

Ўзбекистонлик олимлар 'янги пахта териш машинасини ихтиро қилишган'

Ўзбекистонда ўқитувчи, шифокор ва сўнгги хабарларга кўра, масжид имомлари ҳам пахта йиғим-теримига сафарбар қилинган экан, Фанлар Академиясининг Механика институти олимлари янги пахта териш машинасини ихтиро қилганликларини айтишмоқда.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Sho‘ro davrida o‘zbek paxtasining yarmi mashinalarda terib olingan

O‘zbekistonda o‘qituvchi, shifokor va so‘nggi xabarlarga ko‘ra, masjid imomlari ham paxta yig‘im-terimiga safarbar qilingan ekan, Fanlar Akademiyasining Mexanika instituti olimlari yangi paxta terish mashinasini ixtiro qilganliklarini aytishgan.

Ularga ko‘ra, yangi mashina konstruktsiyasining soddaligi, unumdorligi va arzonligi bilan ajralib turadi.

Sho‘ro davrining so‘nggi yillarida O‘zbekistondagi paxtaning yarmi mashinalarda terib olingan.

Ammo mustaqillik yillarida mashinalar paxta dalalaridan butunlay g‘oyib bo‘lgan va joylardagi "selxozteznika" birlashmalari barbod bo‘lgani aytiladi.

Yangi paxta terish mashinasini ixtiro qilgan olimlardan, Mexanika instituti katta ilmiy xodimi Abdurahim Yo‘ldoshev BBC bilan suhbatda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishning muhimligini aytadi.

Uning aytishicha, so‘nggi yillarda o‘zbek hukumati yana bu masalaga e‘tibor qaratishni boshlagan va yangi texnika loyihalari uchun davlat grantlari ajratilgan.

Ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda 100dan ortiq O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarilgan eski rusumdagi paxta terish mashinalari mamlakat paxta dalalariga chiqarilgan.

Uning aytishicha, yangi kashf etilgan paxta terish mashinasiga 1 tonna metall kam ishlatiladi va uning tannarxi 20 foizga arzon.

Ixtirochi o‘zbekistonlik fermerlar uchun yangi mashinaning qulay va arzonligini aytadi.

1990-yillarning o‘rtalarida O‘zbekiston Amerikada "Case" paxta terish mashinalarini sotib olgan edi.

Abdurahim Yo‘ldoshevning aytishicha, Amerikaning paxta terish mashinalari paxtani ko‘proq, ammo sifatsizroq tergan.

Uning fikricha, sho‘ro davridagi qishloq xo‘jaligi texnikasi eskirgan va yangi, zamonaviy texnikaga ehtiyoj mavjud.

"20 yil yo‘qotilgan narsani oyoqqa qo‘yishning o‘zi bo‘lmaydi", - deydi mexanik olim.

Siz so‘nggi yillarda O‘zbekistonda paxtaning mashina yordamida terib olinganiga guvoh bo‘lganmisiz?

Agar sohani yaqindan bilsangiz, davlat qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalashtirish uchun yetarli mablag‘ ajratayaptimi?

Bu boradagi fikrlaringizni BBCUzbek.com ga yo‘llang.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.