BBC navigation

Rossiya: O‘shlik qochqinni ekstraditsiya qilish qarori bekor qilindi

Сўнгги янгиланиш 14 сентябр 2012 - 15:55 GMT

Rossiya Bosh prokuraturasi 24 yoshli o‘shlik Mamir Ne‘matovni Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilish yuzasidan qarorini bekor qilgan.

Mamir Ne‘matov 2010 yil iyunida O‘sh va Jalolobodda kechgan etnik zo‘ravonliklarda qo‘li bo‘lgani gumon qilinib, rasmiy Bishkek tomonidan talab qilinayotgandi.

Mamir Ne‘matov o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni mutlaqo rad etgan. U qonli hodisalarda ishtirok etmagani va yosh o‘zbek yigitlariga bo‘lgan tazyiqlar tufayli Rossiyaga qochib borganini aytgan.

Mamir Ne‘matov qochqinlik maqomini so‘rab murojaat qilgan, ammo rad javobini olgan.

Tatariston Oliy sudining Ne‘matovni ekstraditsiya qarori Ovro‘po mahkamasida ko‘rib chiqilishi kutilayotgandi.

Rossiya Bosh prokuraturasi qarorning bekor qilishini mazkur holatga bog‘liq emasligini aytgan.

Inson huquqlari faollari buni Bosh prokuratura ilk bor o‘z qarorini bekor qilayotgan hodisa sifatida ta‘riflashgan.

Avvalroq Mamir Ne‘matovni himoya qilgan "Boshpana huquqi" dasturi rahbari Yelena Ryabinina Mamir Ne‘matovni Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilishga oid sud qarori ustidan qilgan shikoyatlari Tatariston Oliy mahkamasi tarafidan rad etilganini ma‘lum qilgandi.

2011 yil noyabridan beri Qozon shahar tergov hibsxonasida saqlab kelingan Mamir Ne‘matov 13 sentyabr kuni ozod qilingan.

Xalqaro Amnesti, Human Rights Watch kabi xalqaro tashkilotlar Mamir Ne‘matovning himoyasiga chiqishgan. Ular agar Mamir Ne‘matov Qirg‘izistonga qaytariladigan bo‘lsa, qiynoqqa solinishi ehtimolidan ogohlantirishgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.